Introducing
Your new presentation assistant.
Refine, enhance, and tailor your content, source relevant images, and edit visuals quicker than ever before.
Trending searches
Tabiatni muhofaza qilish
Ona tabiatni asrash har birimizning burchimiz!
"Agar dunyoda chang bo'lmasa ming yil umr ko'rgan bo'lar edi",deb aytgan edi ulug' ayyoma, tib ilmining asoschisi Abu ALI ibn Sino.
Qoʻriqxona tabiatini moʻtaʼdil boʻlishida undagi mavjud daryo va koʻllarning ahamiyati bekiyosdir. Uning hududi bilan chegaradosh Surxandaryo, Tojikiston va Holikdod soyining boshida joylashgan Ssvsrsev, Botirboy muzliklaridan bir qator suv manbalari boshlanadi. Ularning ichida eng yiriklari Oqsuv, Tanxoz va Qizildaryo daryolari hisoblanadi. Shu uch daryo suvining Shahrisabz tumani hududida koʻshilishi natijasida Qashkadaryo daryosi hosil boʻladi. Daryolar qor, muz, yer osti suvlari va yogʻinlardan toʻyinadi, ularni yuqoridan pastga qarab oqishi jarayonida katta-kichik sharsharalar hosil boʻladi.
Mazkur qoʻriqxona 1983-yil Qashqadaryo viloyatidagi ikkita mustaqil Miraki va Qizilsuv qoʻriqxonalarining birlashtirilishi natijasida, Hisor togʻ tizmalarining janubiy-sharqiy qismidagi tabiiy komplekslarning tipik uchastkalarini asl holida muhofaza qilish, ulardagi tabiiy jarayonlarning borishini oʻrganish xamda shu xududda yoʻqolib borayotgan flora va fauna vakillarini saqlab kolish maqsadida tashkil kilingan.