Introducing 

Prezi AI.

Your new presentation assistant.

Refine, enhance, and tailor your content, source relevant images, and edit visuals quicker than ever before.

Loading…
Transcript

Mavzu: AXBOROTLARNI KODLASH USULLARI

Mo'minova Shahnoza

Kodlash

Kodlash

Kodlashda belgiga mos qo‘yilgan kod uzunligi turlicha bo‘lsa, notekis kodlash usuli, belgiga mos qo‘yilgan kod uzunligi bir xil bo‘lsa, tekis kodlash usuli deyiladi.

Axborotlarni kodlash insoniyat tomonidan faqat amallar bajarish qulay bo‘lishi uchun emas, balki axborotni sir saqlash uchun ham qo‘llanilgan. Kodlashning bu ko‘rinishi shifrlash deb ataladi. Shifrlangan axborotni birlamchi ko‘rinishiga o‘tkazish deshifrlash deb ataladi.

Kodlashda belgiga mos qo‘yilgan kod uzunligi turlicha bo‘lsa, notekis kodlash usuli, belgiga mos qo‘yilgan kod uzunligi bir xil bo‘lsa, tekis kodlash usuli deyiladi.

Axborotlarni kodlash insoniyat tomonidan faqat amallar bajarish qulay bo‘lishi uchun emas, balki axborotni sir saqlash uchun ham qo‘llanilgan. Kodlashning bu ko‘rinishi shifrlash deb ataladi. Shifrlangan axborotni birlamchi ko‘rinishiga o‘tkazish deshifrlash deb ataladi.

Qadimda axborotlarni kodlash

Hayotda axborotni kodlashning ko‘pdan ko‘p usullari mavjud. Birinchi kodlashni qo‘llagan inson Qadimgi Gretsiyaning sarkardasi Lisandro hisoblanadi. U axborotni mahfiy saqlash, ya’ni kodlash uchun ma’lum bir qalinlikdagi «Ssital» tayoqchasini o‘ylab topgan. Kodlashning bu usuli o‘rin almashtirish usuli deb ataladi.

Qadimgi Rim imperatori Yuliy Sezar ham axborotning mahfiyligini saqlash uchun matnni kodlash usulini o‘ylab topgan. «Sezar shifri»da matndagi harf alifboda o‘zidan keyin kelgan uchinchi harfga almashtiriladi. Bunda alifbo doiraviy yozilgan hisoblanadi. Bu kodlash usuliga alifboni surish usuli deyiladi. Sezar usulidan foydalanganda belgini istalgancha surish mumkin.

Morze kodlash usuli

Semyuel Morze 1837­yilda elektromagnit telegraf qurilmasini ixtiro qilgan va 1838­yilda shu qurilma uchun telegraf kodini ishlab chiqqan. Unda harf va raqamlarga nuqta va tirelarning maxsus ketma­ketligi kod sifatida mos qo‘yiladi, ya’ni axborot quyidagi uchta belgi yordamida kodlanadi: «uzun signal» (tire yordamida ifodalanadi), «qisqa signal» (nuqta yordamida ifodalanadi), «signalsiz» (bo‘shliq, pauza bilan ifodalanadi).

H

Notekis kodlash

Tartiblangan alifbo kodlash usuli

Axborotni kodlashning yana bir eng sodda usuli tartiblangan alifbo usuli bo‘lib, unda alifbodagi harflarni ularning tartibini ko‘rsatuvchi sonlar bilan kodlashdan iborat:

Tartiblangan alifbo usulida har bir harfga 2 ta belgidan iborat kod mos qo‘yilgan. Masalan, «Bugun havo issiq» degan axborot quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi: 02 20 06 20 13 07 01 21 14 08 18 18 08 16

Aralashtirilgan alifbo kodlash usuli

Bu aralashtirilgan alifbo usuli deyiladi. Havo issiqligi haqidagi yuqoridagi matn bu usulda quyidagi ko‘rinishni oladi:

03 18 14 18 27 34 12 16 17 11 28 28 11 21

Bundan mazkur axborotni yuqorida keltirilgan jadvaldagi ma’lumotlarni bilmasdan turib dekodlash juda murakkab ish ekanligini ko‘rish qiyin emas.

E'tiboringiz uchun rahmat!

Learn more about creating dynamic, engaging presentations with Prezi