Introducing
Your new presentation assistant.
Refine, enhance, and tailor your content, source relevant images, and edit visuals quicker than ever before.
Trending searches
Bu muayyan fan sohasi yoki mavzuni u yoki bu о‘qitish texnologiyasidan foydalanib, faoliyatni har xilda amalga oshirishda shart-sharoit yaratib beradigan dasturiy vositadir.
Kompyuter texnologiyalari yordamida о‘quv jarayonini qо‘yilgan maqsadga erishish uchun qisman yoki tо‘liq avtomatlashtirishga mо‘ljallangan didaktik vosita hisoblanadi.
Pedagogik dasturiy vositalar tarkibiga о‘quv fani bо‘yicha aniq didaktik maqsadlarga erishishga yо‘naltirilgan dasturiy mahsulot (dasturlar majmuasi), texnik va metodik ta'minot, qо‘shimcha va yordamchi vositalar kiradi.
Hozirgi paytda о‘quv jarayonida kompyuter va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini jadal tadbiq etish, ayniqsa, kompyuterda ishlash bilan boliq amaliy va laboratoriya mashulotlari jarayonida multimedia vositalari, zamonaviy kompyuterlar imkoniyatlari va internetdan foydalanish, interfaol mashqlar, vertual laboratoriya, topshiriqlar omboriga ega bо‘lgan pedagogik dasturiy ta’minotni yaratish texnologiyasini va undan о‘quv jarayonida foydalanish metodikasini ishlab chiqish hamda amaliyotga tadbiq etishga asos bо‘lib xizmat qilmoqda.
Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini masofaviy ta’limda qo’llash asosan ikki xil ko’rinishda amalga oshiriladi. Birinchi sharti bu texnik jihozlar bo’lsa, ikkinchi sharti esa maxsus dasturiy ta’minotlar bilan ta’minlanganligidir. Texnik jihozlar bilan ta’minlanganlik: kompyuterlar, tarmoq qurilmalari, yuqori tezlikdagi Internet tarmoqlari, videokonferentsiya jihozlari va hokazo. Dasturiy ta’minotga: mavjud qurilmalarni ishlatadigan dasturiy ta’minotlardan tortib, shu soha uchun mo’ljallangan dasturlar to’pami kiradi.
Hozirgi kunda o’quv jarayonini tashkil etishda masofaviy ta’lim texnologiyalaridan keng foydalanilmoqda. Masofaviy texnologiyalarni tizimli tarzda tadbiq etish ta’lim samaradorligini yanada oshirishda muhim ahamiyatga ega. O’quv jarayoniga masofaviy texnologiyalarni tizimli tarzda joriy etish uchun eng avvalo, maqsad va vazifalarni aniqlash, kerakli usul va vositalarni tanlash, qo’yilgan vazifalarni amalga oshirish hamda erishilgan natijalarni tahlil qilish va kamchiliklarni bartaraf etish bosqichlari amalga oshiriladi.
Elektron o’quv adabiyotlari bilan bog’liq bo’lgan ko’pgina tushunchalarning keng ma’nodagi izohli talqini kompyuter va axborot texnologiyalari rivojlanib borishi bilan yanada kengayib borayotgan bilimlar bilan to’ldirilib borilmoqda. SHuning uchun elektron o’quv adabiyotlari yaratish va ulardan foydalanish bilan bog’liq bo’lgan asosiy tushunchalar va terminlarga izohlar quyidagi mulohazalarda keltirilgan..
Elektron o’quv nashri - ta’lim oluvchilar tomonidan bilimlar, ko’nikmalar va mahoratlarni ijodiy va faol egallashlarini ta’minlaydigan ilmiy amaliy bilim sohasiga mos ravishdagi tizimlashtirilgan o’quv materialga ega bo’lgan elektron nashr.
Elektron o’quv nashri muallifi – ijodiy faoliyati natijasida elektron o’quv nashrini yaratadigan jismoniy shaxs. Agar elektron o’quv nashri ikki yoki undan ortiq jismoniy shaxslarning birgalikdagi ijodiy faoliyatida yaratilgan bo’lsa, unda ularning har biri elektron o’quv nashrining muallifi bo’lib hisoblanadi.