Introducing
Your new presentation assistant.
Refine, enhance, and tailor your content, source relevant images, and edit visuals quicker than ever before.
Trending searches
Slayd tarkibida turli ob’yektlar bo‘lishi mumkin:
1-rasm. Slayd elementlari:
- sarlavha
- grafik tasvirlar
- jadvallar
- diagrammalar
- tashkiliy diagrammalar
- matnlar
- ovoz
- markirlangan ro‘yxat
- fon
- kolontitul
- slayd nomeri
- sana
- turli tashqi obyektlar
Interaktiv taqdimot – bu foydalanuvchining kompyuter bilan muloqoti. Foydalanuvchi qasi material uning uchun muhimligini tanlaydi va kerakli obyektni sichqoncha yoki klaviatura tugmasi yordamida tanlaydi va so‘ralgan axborot beriladi.
Marketing taqdimotlari bo‘lajak savdo taqdimotlarini uchun sharoitlarni tayyorlash maqsadida ishlatiladi. Ularni keng auditoriya uchun (ko‘rgazmalarda, yarmarkalarda va foydalanuvchi ofisida o‘tkaziladi), savdo bo‘yicha agentlarni o‘qitish uchun ishlatishadi.
Avtomatik taqdimot – bu tugallangan axborot mahsuloti bo‘lib, uni videopleyonkaga, disketaga, kompakt-diskka o‘tkazish va foydalanuvchilarga tarqatish mumkin.
Slayd – yagona tasvir ko‘rinishida monitor ekranida, qog‘oz varag‘ida yoki rangli pleyonka varag‘ida tasvirlanadigan turli obyektlardan iborat mantiqiy mustaqil axborot strukturasi (vizual materiallar birligi – maxsus tasvir).
Savdo taqdimotlari savdo agentlari tomonidan bitimlar tuzishda foydalaniladi. Ular qisqa vaqtlarda mahsulot haqidagi barcha axborotni taqdim etishga ruxsat beradi.
Buni amalga oshirish uchun bir qator ishlar bajarilishi kerak:
· potensial xaridorga dastlabki ma’lumotni taqdim etish (kompaniya mahsulotlari va xizmatlarining maqsadi);
· iste’molchiga mahsulot (xizmat) qanday foyda keltirishini ishontirish;
· yuzaga kelgan savollarga asosli javoblar berish va shartnoma tuzish.
Taqdimot – umumiy faylda saqlanadigan va bir slayddan boshqasiga o‘tish imkonini beradigan umumlashgan slaydlar to‘plamidir.
Kompyuterda taqdimot uslubiga qarab, quyidagi ko‘rinishlarga ajratiladi:
· ssenariy bo‘yicha;
· interaktiv;
· avtomatik.
Ssenariy bo‘yicha taqdimot - bu videomaterialni katta ekran yoki monitorda namoyish etish uchun rangli grafika va animatsiyalar bilan to‘ldirilgan slaydlar bilan to‘ldirilgan an’anaviy taqdimotdir. Unda namoyish vaqtida namoyish jarayoniga o‘zgartirishlar kiritish imkoniyati ta’minlanadi.
Multimedia - bu matnlar, grafika, tovush, video, animatsiyani birlashtirish uchun texnik vositalar va dasturlardan foydalanishga imkon beruvchi maxsus kompyuter texnologiyasi.
Shunday qilib, keng ma'noda "multimedia" atamasi foydalanuvchiga (u ham o'quvchi, ham tinglovchi va tomoshabin bo'lishi mumkin) ta'sirchan ta'sir o'tkazish uchun turli xil dasturiy ta'minot va texnik vositalardan foydalanadigan bir qator axborot texnologiyalarini anglatadi.
Multimedia taqdimotlari ma'lum bir taqdimot yordamida erishish kerak bo'lgan maqsadlarga qarab, turli xil xususiyatlarga va ko'rinishga ega bo'lishi mumkin. Masalan, taqdimot kompaniyaning yangi mahsulotini reklama qilishi yoki o'quv jarayonida ishlatilishi mumkin.
Multimedia tizimlarining paydo bo'lishi bilan inson faoliyatining ko'plab sohalari o’zgardi. Multimedia texnologiyasini qo'llashning eng keng tarqalgan yo'nalishi ta'lim sohasi hisoblanadi, chunki multimedia asosidagi axborotlashtirish vositalari ba'zi hollarda ta'lim samaradorligini sezilarli darajada oshirishi mumkin. Tajribalardan ko’rinadi-ki, materialni og'zaki bayon qilishda talaba bir daqiqada mingtagacha an'anaviy birlikni, ko'rish organlari orqali esa 100 mingtagacha shunday birlikni qabul qiladi va qayta ishlashga qodir.
Multimediyaning qo’llanish sohalari:
• Ta’lim
• Biznes
• Marketing
• Reklama
• Telekommunikatsii
• Tibbiyot
• O‘yinlar
• б.
Multimedia texnologiyalari qaerda qo'llanilmasin, asosiy vazifasi har doim bir xil - materialni sifatli va samarali taqdim etish hisoblanadi.
Multimedia taqdimoti uchun bir nechta format mavjud. Масалан:
· Adobe Flash такдимот – qoida tariqasida, bu multimedia taqdimotining barcha asosiy elementlarini o'z ichiga olishi mumkin bo'lgan swf fayli. Ushbu taqdimot to'g'ridan-to'g'ri veb-saytning veb-sahifasida joylashtirilishi mumkin. Ushbu taqdimot Adobe Flash CS5, Adobe Flash Builder yordamida yaratilishi mumkin.
· PowerPoint taqdimoti - Microsoftdan slaydlardan iborat ppt formati. Multimediya elementlarini PowerPoint taqdimotga osongina kiritish mumkin.
· Videofayl - ketma-ket ma'lumotni o'z ichiga olgan videofayl, u yangi kompaniya mahsuloti haqida multimedia taqdimoti sifatida ham xizmat qilishi mumkin.
Multimedia taqdimotining standart taqdimotdan farqi shundaki, u odatda quyidagi asosiy elementlarning kombinatsiyalarini o'z ichiga oladi:
1. Video.
2. Audio.
3. 3D modellar.
4. Rasmlar, fotografiyalar.
5. Matn.
6. Animatsiya.
7. Navigatsiya.
PowerPoint dаsturi.
PowerPoint dаsturi bu tоifаdаgi dаsturlаr ichidа eng yaхshilaridan biridir. Mоslаshuvchаn intеrfеysning mаvjudligi, chоklаrsiz ko’chirib qo’yish funktsiyasi vа ko’p (murаkkаb) vаzifаlаrni bаjаrish rеjimidа bаrqаrоr ishlаsh imkоniyati bu dаsturni yangi аvlоd tаqdimоtli grаfikа mаhsulоtlаri оrаsidа lidеr dаrаjаsigа chiqаrdi.
PowerPoint dаsturining birinchi аfzаlligi yaхshi sоzlаnuvchi intеrfеysidir. Ekrаngа dаsturiy оynаdа еttitаgаchа turli instrumеntlаr pаnеlini chiqаrish mumkin.
PowerPoint хizmаt, ijоdiy sеаns vа hаttо “nохush хаbаrlаr” yo’nаlishlаrini qаmrаb оluvchi ko’p turdаgi slаydlаr to’plаmini tаklif etаdi. Ushbu tiplаrning hаr biri mаtеriаllаrni jоylаshtirishning muаyyan strаtеgiyasigа egа bo’lib, AutoContent hаr bir slаydni tаqdimоtning dаstlаbki mаqsаdlаri bilаn bоg’lаshni tаklif etаdi. (Mаsаlаn, аgаr siz “nохush хаbаrlаr”ni nаmоyish qilаyotgаn bo’lsаngiz, AutoContent sizning ikkinchi slаydingizdа “bizning hоlаtimiz” Muhоkаmа qilinishi vа mа’ruzаchi “bu qаndаy sоdir bo’lgаn”ligini tushuntirishini mo’ljаllаb turаdi.)
PowerPoint dаsturidа ko’p mаrtаlаb оrqаgа qаytish "multiple undo" imkоniyati judа yaхshi аmаlgа оshirilаdi. Mаsаlаn, 150 tа o’zgаrtirishlаrni kеtmа-kеt yoki birdаnigа 149 tа o’zgаrishgа оrqаgа sаkrаb аmаlgа оshirish mumkin. Аgаr siz jаrаyonlаrgа chuqur kirishib, ikki vа undаn оrtiq diаlоg оynаlаrigа murоjааt etgаn vа Cancel tugmаsini bоsgаn bo’lsаngiz, dаstur sizni dаstlаbki hоlаtgа qаytаrib qo’yadi, lеkin bаjаrilgаn ishlаrni umumаn o’chirib yubоrmаydi. Mа’lumоtlаr jаdvаli o’lchаmlаrini o’zgаrtirish vа undа turli shriftlаrni ishlаtish mumkin. Аgаr siz Microsoft Exceldа ishlаsh bo’yichа kаttа tаjribа egаsi bo’lsаngiz, undа PowerPointdаgi Graph ilоvаsi hаm хuddi shundаy diаgrаmmа turlаri vа ulаrni to’g’rilаsh usullаridаn fоydаlаnаdi.
PowerPointdа diаgrаmmа tuzishning аyrim mоdеrnizаtsiya qilingаn funktsiyalаri kiritilgаn bo’lib, ulаr bоshqа dаsturlаr bilаn mоs kеlmаydi. Organizational Chart ilоvаsini o’rnаtish hаm birmunchа qiyinlаshtirilgаn. Funktsiya
umumiy ko’rinishidаn kishidа yaхshi tааssurоt qоldirmаsа-dа, Outline view rеjimidа qulаy tаqdimоtlаrni yarаtish imkоniyatigа egа bo’lgаn yagоnа dаsturdir. Hаr qаndаy hаjmdаgi mаtnni tоrtib ko’chirib qo’yish silliq аmаlgа оshirilаdi. Bundаn tаshqаri, Word hujjаtlаrini impоrt qilish vа оdаtdаgi shriftlаrni qo’llаsh mumkin.
Grаfikаni qo’llаb-quvvаtlаsh аsоsi hаm mustаhkаm. PowerPoint bоshqа hаr qаndаy dаsturlаrdаn fаrqli o’lаrоq 16 turdаgi grаfik fоrmаt fаyllаrini impоrt qilа оlаdi. U o’zining аvvаlgi vеrsiyalаri bilаn to’liq mоs tushаdi, sеkinrоq bo’lsа-dа, fаyllаrni impоrt qilish zаrаrsiz аmаlgа оshаdi.
PowerPoint tаyyor (Microsoft kоmpаniyasining Clip Art Gallery to’pаmidаn оlingаn) tаsvirlаrni chiqаrish bo’yichа eng yaхshi funktsiyalаrgа egа.
PowerPointning rаsm chizish funktsiyalаri Freelance Graphics funktsiyalаridеk emаs, ulаr uchtа instrumеntlаr pаnеlidа tаrqоq hоldа jоylаshgаn bo’lib, bir vаqtning o’zidа ko’rinmаydi. Qisqаrtirilgаn mеnyu ko’p rаngli o’tis
Microsoft PowerPoint 2013 dasturi intefeysi.
Microsoft PowerPoint 2013 dasturining interfeysi oldingi versiyalariga nisbatan sezilarni o’zgargan bo’lib, oynasining ko’rinishi quyidagilarni o’z ichiga oladi.
1 Kerakli buyruqlarni topish – menyular tanlab lentadan shu buyruqlar va tugmalaridan foydalanish imkoni.
2 Taqdimotni boshqarish – fayl menyusi orqali hujjatni saqlash, chop etish, ochish va boshqarish.
3 Kontektli menyulardan foydalanish - tasmaning ba’zi bir menyulari faqat ular kerak bo’lgan hollarda ko’rinadi. Masalan, rasm tanlaganda Работа с рисунками — Формат menyusi hosil bo’ladi.
4 Qo’shimcha xususiyatlаrni ko’rish – qo’shimcha xususiyatlаr ko’rish va o’zgartirish uchun ushbu kichkina yo’nalishli tugmani tanlash orqali ishga tushirish.
5 Ma’lumotlar tizimini ko’rish –ushbu tugmani bosish yoki F1 klavishini tanlash orqali ishga tushirish.
6 Qo’shimcha – ushbu tugma orqali tasmani ko’rish va berkitish yoki CTRL+F1 klavishini tanlash orqali ishga tushirish.
7 Formatlash qismini ko’rish – bu qulay vosita yordamida rasmlar, videorolik, SmartArt grafik elementlarni, shakllarni formatlash mumkin
8 Karakli ko’rish rejimini tanlash - ko’rish rejimini o’zgartirish, razmetka va primechaniylarni ko’rsatish va yashirish.
9 Masshtabni o’zgartirish – maxsus tugmani chap va o’nga surish orqali oyna o’lchamini kattalashtirish va kichiklashtirish.
1- Mavzu va shablonlarni internetdan qidirish - mos keladigan mavzu va shablonlarni Office.com saytidan qidirish, qidirish maydonida kalit so’zni kiritish kerak.
2- Oxirgi taqdimotlarni ochish – oxiri ishlatilgan taqdimotlarni tezda kirish.
3- Boshqa fallarni topish – kompyuterda mavjud bo’lgan taqdimotlarni topish.
4- Yangi ish varog’idan boshlash – bosh bo’lgan taqdimotnni yaratish uchun Пустая презентация bo’limini tanlang.
5- Tayyor mavzularni ishlatish – taqdimot yaratish uchun berilgan mavzulardan birini tanlash.
6- Shalonlar kategoriyalarini tanlash - PowerPoint ba’zi bir eng ommabop shablonlarni ko’rish uchun kategoriyalardan birini tanlash.
7- Вход в Office
Slаydlаrgа mаxsus effеktlаr qo’shish
Power Point slаydlаrigа turli аnimаtsiоn effеktlаrni o’rnаtish mumkin. Slаydlаrgа аnimаtsiоn effеktlаrni qo’llаsh оrqаli slаydlаrning rаng-bаrаngligi оshirilаdi. PowerPoint slаydlаrigа аnimаtsiоn slаydlаr quyidаgichа Aнимация menyusidagi foydalaniladi. PowerPoint dаsturidа to’rt turdаgi аnimаtsiya effеktlаri bo’lib, bulаr:
-Вход (chiqish) effеkti. ob’yеktni ekrаnni turli qismаlаridаn vа turli ko’rinishlаridа chiqishi.
-Выход (chiqib kеtish) effеkti. ob’yеkt slаyddаn turli ko’rinishlаrdа chiqib kеtаdi.
-Выделение (аlоhidа аjrаtish) effеkti. Misоl sifаtidа оb’еkt o’lchаmlаrini kаttаlаshtirish vа kichiklаshtirish, rаnglаrini o’zgаrtirish, оb’еktni o’z аtrоfidаn аylаnishi kеltirish mumkin.
Prezi.com servisida onlayn prezentatsiyalarni tayyorlash (Servisni ishlatish shartlari va Prezi.com saytida ro‘yxatdan o‘tish algoritmi. Prezi.com shaxsiy kabineti. Prezi muharriri interfeysi. Tahrirlash asboblari va ob’yektlarni boshqarish. Prezentatsiyani boshqarish. Prezentatsiya yaratish bosqichlari. Prezentatsiyani namoyish etish).
Prezi.com – бу веб-сервис булиб, унда ночизикли структурага эга интерактив мультимедияли презентацияларни яратиш мумкин. Презентацияларда фойдаланувчи уз фикрини янада кургазмали ва самарали тарзда такдим кила олиши мухим омил хисобланади.
Prezi – интерактив презентацияларни яратиш учун хизмат киладиган булутли сервис хисобланади.
Prezi dasturi Zui Labs kompaniyasi tomonidan Windows operatsion tizimi uchun ishlab chiqilgan, 2008 yil 15 dekabrda servis ishga tushirilgan.
Prezi ZUI (zooming user interface - ob’yektivdagi suratni foydalanuvchilarga yaqinlashtirib yoki uzoqlashtirib ko’rsatadi) texnologiyasi asosida ishlaydi.
Google Slides – такдимотлар учун Google дастури булиб, браузерда Google Docs нинг бир кисми сифатида жойлашган. Бу бепул восита хисобланади, факатгина Google аккаунтига эга булиш талаб этилади.
Google Slides такдимотини яратиш
Google Slides га утиш учун авваломбор Google аккаунтидан руйхатдан утилади. Сунгра браузер энг юкори бурчагидаги Google Apps тугмаси босилади:
Google Slides хакида яна бир нечта фактлар:
Дастур бепул хисобланади.
Ишни буш ёки аввал ишлаб чикилган шаблон асосида бошлаш мумкин.
Дастур билан интернет, мобил илова (Android, iOS, Windows) оркали ишлаш мумкин.
PowerPoint файлларини Google Slides га импорт килиш ва кейин тахрирлаш мумкин. Google Slides такдимотларини PowerPoint, PDF, JPEG, PNG ва б. куринишдаги файлларга экспорт килиш мумкин.
Такдимотга расм, видео ва аудио куйиш имконияти мавжуд.
Google Slides такдимотида бошка одамлар билан ишлаганда чатда гаплашиш, изохлар колдириш ва бир вактнинг узида битта такдимот устида иш олиб бориш мумкин.
Google Slides куплаб кушимча имкониятларга эга. Бу кушимча функциялар кушувчи воситалар хисобланади. Купгина кушимча лар бепул, аммо баъзилари пулли версияларга эга.
Keynote – бу самарадорликни ошириш учун iWork пакетининг бир кисми сифатида Apple Inc. да ишлаб чикилган такдимотлар яратиш учун дастурий таъминотдир. Mac учун Keynote нинг 10-версияси 2020 йилнинг мартида ишлаб чикилган. 2010 йил 27 январда Apple янги серсорли интерфейсли iPad учун Keynote нинг янги версияни такдим килган. Энди уни App Store (iOS / iPadOS) нинг iPhone га юклаш мумкин. Keynote – https://ru.qaz.wiki/wiki/Keynote_(presentation_software).
Keynote тарихи Macworld Conference and Expo ва Apple нинг бошка тадбирлари учун такдимотлар яратиш учун Apple бош директори Стив Жобс томонидан ишлатилган компьютер дастури сифатида бошланган. Стив Жобс Keynote гача NeXTSTEP ва OpenStep платформаларида ишлайдиган Lighthouse Design нинг Concurrence да ишлаган. Keynote 1.0 дастур сифатида Microsoft PowerPoint дастурига ракобатлашган холда 2003 йилда яратилган. 2005 йилда Apple компанияси Keynote 2.0 ни Pages урнига сотишни бошлади. Macworld Conference & Expo 2006 да Apple компанияси Keynote 3.0 ва Pages 2.0 янгиланган версияли iWork '06 чикарди. 2007 йил кузида Apple компанияси iWork '08 да Pages 3.0 билан бирга Numbers электрон жадвали билан ишлаш учун Keynote 4.0 ни чикарди. 2013 йил 23 октябрда Apple компанияси Keynote ни 6.0 версиясигача янгилади ва янги iOS ва Mac курилмалари булган фойдаланувчилар учун бепул тарзда такдим этишни бошлади.
Keynote сервисининг куплаб имкониятларига куйидагилар киради:
Юкори сифатли такдимот яратиш учун ускуналар туплами (ажойиб мавзулар, эффектлар, дастурга овозни ёзиш ва тахрирлаш, расм, видео, матнлар, жадваллар, графиклар ва бошка имкониятларни кушиш);
Дастур мобил курилмаларда ишлаш учун созланган;
Турли курилмаларда такдимот билан ишлаш имконияти;
Реал вакт режимида биргаликда ишлаш;
Узокдан бошкариш;
Алмашиш имконияти;
iCloud, Dropbox ва Gmail сервислари билан интеграция;
PowerPoint билан мослик;
Такдимотни Keynote Live билан хамкорликда жонли намойиш этиш;
iPad да Apple Pencil ёрдамида такдимотга эслатмалар ва расмлар кушиш;
Кулай ва ажойиб интерфейс.
Keynote сервисининг PowerPoint билан ушаш жойлари жудаям куп.
Такдимотни яратиш
Zoho Show – ажойиб ва мазмунли такдимотлар яратиш учун онлайн-восита. Agar siz o'qituvchi, talaba, ishbilarmon, sotuvchi bo'lsangiz yoki shunchaki rangli taqdimotlarni yaratish muxlisi bo'lsangiz, demak siz kerakli joyga keldingiz. Zoho Show - bu tayyor mavzular, grafikalar va shakllar, tortish va tushirish, qoplama, harakatlanish va boshqalar kabi xususiyatlar bilan birlashtirilgan.
Zoho Show ish stoli taqdimot dasturidan nimasi bilan farq qiladi? Istalgan vaqtda dunyoning istalgan nuqtasidan kirish, import qilish, tahrirlash va ulashish, elektron pochtadan foydalanmaslik kerak. Taqdimotlaringizni do'stlaringiz / hamkasblaringiz bilan o'rtoqlashing va ishlash uchun sizga uchinchi tomon dasturlari kerak emas, taqdimotlarni har qanday zamonaviy brauzerda ko'rish / tahrirlash mumkin. Tasavvur qiling, siz masofadan turib nutq so'zlashingiz va taqdimotingizni istagan kishiga namoyish qilishingiz mumkin.
E'tibor qilish kerak bo'lgan xususiyatlar: - tashkilot ichidagi kirishni oqilona farqlash - taqdimotga hamma uchun yoki parol orqali onlayn kirish - karnay rejimi. Ishoning yoki ishonmang - bu qulay - onlayn taqdimot o'tkazish qobiliyati Zoho Show-da qanday xususiyatlar mavjud?
Fayllarni import qilish va bir formatdan ikkinchisiga kayıpsız aylantirish: .ppt, .pptx, .pps, .ppsx, .odp, .sxi.
prezentatsiyalar translyatsiyasi.
Animatsiyalar va o'tish.
Rasmlar (shu jumladan Flickr), videolar va tvitlarni qo'shing.
Nozik sozlash uchun slaydlarni masshtablash.
Jadvallarni almashish.
Tarmoqlar va qo'llanmalar yordamida moslamalarni tekislang.
Hamkorlik.
Zoho, Dropbox va Google Apps boshqa xizmatlari bilan integratsiya.
Hodisalarni boshqarish imkoniyatlari bilan mobil kirish.
Bulutdagi taqdimotlarni saqlash.
Slayd-shoularni veb-saytga yoki blogga joylashtiring.
Drag-and-support yordami.
Mavzular, kliplar va taqdimot shablonlari.
Oflayn ko'rish uchun HTML-ga eksport qiling.
Shakllar, belgilar va bloklardan foydalangan holda rasm chizish.
Foydalanish bo'yicha maslahatlar • Tezkor yig'ilish o'tkazish uchun, ayniqsa ba'zi xodimlar ofisda bo'lmagan taqdirda, siz konferents-qo'ng'iroqni tashkil qilishingiz va taqdimotni translyatsiya qilish uchun havolani yuborishingiz mumkin. • O'z taqdimotingizni onlayn ravishda translyatsiya qilish, shuningdek, jamoat oldida so'zlash uchun samarali bo'ladi. Tinglovchilar ma'lumotni aniqlashtirish uchun orqaga qarab siljiy olishlari mumkin (agar muallif ruxsat bergan bo'lsa, oldinga siljitish funktsiyasi mavjud), kech kelganlar yaxshi ma'lumotga ega bo'ladilar.
PowToon – анимацион такдимотлар яратиш учун веб-сервис хисобланади. Сервис куплаб анимацион куринишлар, шаблонлар ва стиллар тупламига эга. PowToon да такдимот яратиш – оддий ва кизикарли жараён хисобланади. PowToon — анимацион такдимотлар ва видеолар яратишга рухсат берадиган булутли сервисдир. У 2012 йилда Илья Спитальник ва Даниэл Затуранский томонидан яратилган.
Дастур яратувчилари PowToon ни анимацион такдимотлар яратувчи генератор деб аташди. Сервис такдимот роликларини яратувчилар, жумладан тадбиркорлар, маркетологлар ва реклама студияларида катта кизикиш уйготди. PowToon махсулот, стартап-такдимот ёки сайт бош сахифаси хакида яратилган ролик учун жудаям зарур хисобланади. Таълим сохасида хам куллаш мумкин.
PowToon дастурининг принциплари:
Форматни танлаш
Шаблонни танлаш
Тахрирлаш
Экспорт килиш
PowToonда тижорат ва таълим лойихалари учун мулжалланган 9 та тариф режасибор. Тариф режалари слайдни безатиш учун ишлатиладиган шаблонлар ва мусикий трендлар танлови билан фаркланади. Яна бир фарки: бепул версияларда яратиладиган видеоролик давомийлиги 5 минут биланчегараланган. Бепул тарифда такдимот видеоформат куринишида сакланмайди. Роликни куриш мумкин, юклаб олиш мумкин эмас. бирок, сервис нафакат яратилган такдимотни юклашга рухсат беради, балки уларни сайтга жойлаштиришга хам рухсат беради. Бунинг учун сайтдан Embed-код деб аталувчи махсус коддан нусха олинади, сахифанинг керакли жойига жойлаштирилади.
CustomShow – bu korporativ taqdimot yaratuvchi dasturiy ta’minot. Bu korporativ dasturiy ta’monot Nyu-York da joylashgan Sales Graphics taqdimot agentligi tomonidan ishga tushirilgan.
CustomShow 1998 yilda birinchi bor Forbes uchun yaratilgan edi. U savdo, marketing va buyruqlarni o‘rgatuvchi sifatida ishlab chiqarilgan edi.
CustomShow foydalanuvchilarga tasvir, video, matn va Adobe Flash lardan iborat slaydlar kutubxonasini yaratishga ruxsat beradi. Foydalanuvchilar kutubxonadagi slaydlarni to‘ldirgan holda taqdimotni quradilar. Kutubxonadagi slaydlarga kiritilgan yangilanishlar avtomatik ravishda kompaniyaning barcha foydalanuvchilariga yetkaziladi. CustomShow dasturi Mac, PK kompyuterlarida va Internetda ishlaydi.
2012 yil martida Sales Graphics kompaniyasi iPad CustomShow LE uchun Apple iPad planshetida dinamik, to‘ldirilgan taqdimotlarni ko‘rsatadigan o‘zining birinchi ilova iteratsiyasini ishga tushirdi. Ikkinchi avlod CustomShow dasturi 2012 yil sentabrida ishga tushirildi va iOS 6 uchun optimallashtirildi.
CustomShow – bu dizayn va slaydlar kutubxonasini umumiy boshqish uchun yo‘naltirilgan taqdimotlar konstruktoridan iborat sotuv va marketing uchun bulutli dasturiy ta’minotdir. Ishni tezlatish uchun ish jarayoniga boshqa foydalanuvchilarni qo‘shish va real vaqt rejimida slaydlarni birgalikda bajarish mumkin. Sozlangan shriftlarni ham o‘z ichiga oluvchi tayyor loyihalar iPad, Mac va SHK larda ishga tushiriladi. Video har bir qurilma uchun avtomatik ishga tushiriladi va ham onlayn, ham offlayn rejimda ishlaydi. Dasturiy vosita pullik, ammo bepul demo-versiyada ishlash imkoni ham mavjud.
Dastur koorporativ masalalarni yechish uchun hisobotlarni tayyorlash va o‘zaro ishlash uchun kichik, o‘rta va katta biznesning turli sohalar vakillarini qiziqtiradi.
Biznes-taqdimotni yaratish uchun servis o‘zining slaydlar kutubxonasini taklif etadi. Sozlangan asboblar yordamida shablonga jadvallar, diagrammalar, grafiklar, shakllar, multimediya obyektlari, fotografiyalar, video va musiqalarni qo‘shish, loyihalash va animatsiyaning kengaytirilgan funksiyalari esa yig‘ish, o‘tish, soyalar va 3D-effektlar yaratishga ruxsat beradi. Slaydlar katta axborotli bo‘lishi uchun fayllarning turli tiplarini ishlatish mumkin: JPG, PNG, GIF, MPG, MOV, AVI, FLV, MP4, WMV, M4V, TrueType, OTF, PPT, PPTX. Hamkorlar
bilan uchrashuvda sifatli ovoz va tasvirlarni ta’minlash uchun CustomShow Web Meetings bo‘limi videoni ekranga ovozli namoyish etishga ruxsat beradi. Slaydlarni avtomatik yuklash uchun har bir tomoshabinning tarmoqqa ulanish tezligiga moslashadi. Kirish vositalari taqdimotni kim ko‘rganligini kuzatish, foydlanuvchi taqdimotni ko‘rishi uchun qancha vaqt sarflaganini va qancha slaydlarni ko‘rganligini ko‘rish imkonini beradi.
Asosiy xususiyatlari
Servis mobil qurilmalar uchun ham moslashgan
Taqdimot jarayonini jamoaviy tarkib bilan ishlash imkoniyati
Taqdimotni e-mail orqali jo‘natish, saytga yuklash yoki ijtimoiy tarmoqlarda namoyish etish imkoniyati
Offlayn tahrirlash imkoniyati
Taqdimotni yaratish va boshqarish
Yangi taqdimot yaratish uchun bir nechta ishlarni bajarish mumkin. CustomShow kutubxonadan slaydlarni tanlashga hamda yangi slaydlar yaratishga ruxsat beradi.
Yangi taqdimot yaratish uchun New Pres tugmasi bosiladi.
Taqdimotlar kutubxonasini ko‘rish uchun Kutubxona vkladkasiga o‘tiladi.
Taqdimot slaydlarini taqdimotlar kutubxonasida ko‘rish uchun taqdimotga ikki marta bosish kerak.
Taqdimotga slayd qo‘shish uchun yuqori paneldagi slaydlarni Taqdimotning quyi muharririga sichqoncha kursori bilan o‘tkazish kerak.
Taqdimotda yangi slayd yaratish uchun Yangi slayd tugmasi bosiladi.
SlideBean – тайёр шаблонлар асосида бизнес такдимот дизайнини яратиш ва безатиш буйича сервис. Фойдаланувчига унинг функционаллигини урганиш учун 15 кунлик бепул кириш имконияти берилади, аммо шу вакт ичида факат битта такдимот утказилиши мумкин, уни компьютерига экспорт килиш мумкин эмас. Ишни давом эттириш учун тижорат версиясидан руйхатдан утиш керак. Сервисда шунингдек, Флиcкр-дан пиктограмма ва расмларга эга медиа-кутубхона мавжуд.
Сайт махсус тахрирлаш кобилиятлари ва билимларига эга билмаганлар учун мулжалланган. Уни хар кандай одам тез урганиши мумкин. Айникса, укитувчиларга кургазмали укув кулланмалари яратиш ва реклама менежерларига узининг махсулоти ва хизматини такдим этиш учун жудаям фойдали.
Мухаррир воситаларида тасвирлар галереяси мавжуд булиб, унга тулик кириш пулли обунадан кейин очилади. Такдим этилган расмлар орасида анимацион графикалар ва пиктограммалар мавжуд булиб, у оркали профессионал фотосуратлар, иконкалар, гифлар, диаграммалар ва бошка форматдаги бошка элементларни слайдларга юклаш мумкин. Иш жараёнини энгиллаштириш учун манба структурани автоматик яратиш функциясидан фойдаланишни таклиф килади. Барча лойихалар синхронлашда сакланади, шунинг учун такдимотни яратишда бошка фойдаланувчиларни жалб килиш мумкин. Такдим этилган шрифтларнинг аксарияти кирилл ёзувини куллаб-кувватламайди. Тизим тугалланган такдимот фаолиятини кузатиб боришга содир: хар бир слайдда курилган сонларни хисоблаш, хар бир слайдда тухташ давомийлиги ва умуман лойига киришлари сони.
Асосий хусусиятлари
Тайёр шаблонлар кутубхонаси
Такдимот устида биргаликда ишлаш
Купгина шрифтлар кирил ёзувни кулламайди
15 кун бепул фойдаланиш имконияти
SlideDog – бу PowerPoint ёки Keynote дастурлари каби такдимот яратиш мумкин эмас. Унда слайдлар яратиш мумкин эмас, бирок унда кераклича контентлар ёрдамида кулай плейлистлар яратиш мумкин. PowerPoint ва Keynote, PDF файллар, Prezi, видеороликлар, тасвирлар ва веб-сахифалар каби ахборотларни зарур тартибда жойлаштириб, битта такдимот яратиш мумкин. Умуман олганда, барча такдимот килувчилар учун кулай ва фойдали ресурс хисобланади. Бепул, аммо жудаям чекланган версия мавжуд. Сервисга профессионал обуна ойига $8,33 дан бошланади. Онлайн ишлаш хам мумкин ёки Windows да дастурни юклаш мумкин. Mac учун илова яратиш йуллари изланмокда. SlideDog турли график объектлар, матнли хужжатлар, видеоёзувлар, анимациялар, веб-сахифалар ва хатто YouTube роликларни бирлаштириш учун дастур ролини бажаради. Бошкача айтганда, фойдаланувчи тартиб ва утишларни ишлатган холда бир нечта файллардан слайдларни тахлаш имконини беради. Дастурчилар мобил курилмалар билан биргаликда ишлаш имконини беради, бу эса такдимотни масофадан планшет оркали кул билан бошкариш имконини беради.
Тавсиф:
SlideDog дастурини факат Windows операцион тизимида урнатиш мумкин
SlideDog форматларида Microsoft PowerPoint дастурининг баъзи файл форматлари кабул килинади: PPT, PPTX, PPTM, POT, POTX, POTM, PPS, PPSX и PPSM
PDF, MP3, PNG ва JPG форматдаги файллар, (MP4, AVI, DIVX, FLV, 3GP, MOV ва б.) видео файллар ва Prezi ёрдамида бажарилган файллар билан плейлистлар яратиш мумкин.
Такдимотга YouTube видеороликлари, веб-сахифалар, суровлар, тескари алока ва чат объектлари куйилиши мумкин
Функция веб-пульти такдимот килувчига веб-интерфейсни куллайдиган планшет, телефон ёки бошка курилма билан плейлистни бошкариш имкони мавжуд. Такдимот ишга туширилганда ихтиёрий слайдни босиш мумкин
Такдимотга 100 тагача одам ихтиёрий веб-браузер оркали кушилиши мумкин. Такдимотга фойдаланувчи кушилганда такдимотни фойдаланувчи каерда булишидан назар куриши мумкин
Дастурда такдимот вакти фойдаланувчилар бир-бири билан мулокотга киришадиган чат мавжуд
Маърузачи учун факат мобил курилма оркали куриладиган фойдаланувчи эслатмалари кушилиши мумкин
Такдимотни курувчилар жонли эфирда такдимотни слайдлар оркали куриши мумкин
Маърузачи ихтиёрий фойдаланувчи саволлари буйича тескари алока учун фойдаланувчиларга суров юборади
Фон расми факат профессионал версида узгартирилиши ёки учирилиши мумкин
Иккита экранли режим – SlideDog даги слайд-шоуни бошкариш учун икки экранни ишлатишга рухсат берадиган яна бир функция, бирок бу хам факат профессионал режимда кулланилади
Максад
SlideDog – такдимотни Интернет оркали намойиш киладиган дастур. Элементлар намойиш этиш руйхатига кушилгандан кейин улар утказиш ёрдамида осон тахрирланадиган график интерфейсда тасвирланади. Слайд-шой мобил курилма оркали хам бошкарилиши мумкин, яъни маърузачи хонада бемалол харакат килиб, мобил курилмасини пульт сифатида ишлатиши мумкин.
SlideDog бу ерда такдимот учун энг арзон бепул дастурий таъминот сифатида бахоланади, чунки у файлларни намойиш этишда чиройли куринишда булса хам, матн ва фигуралардан иборат анимацияли слайдлардан иборат такдимотларни яратишда бефойда хисобланади.
Эслатма: SlideDog дастурини Windows XP дан юкори, масалан Windows 10, 8, 7 ёки Vista версиялари учун ишлатилади. Уни Windows XP да ишлаиш мумкин, лекин баъзи функциялари ишламайди.
Genially – онлайн интерактив такдимотларни яратиш учун восита. Яъни такдимотларни яратиш учун олдиндан дастурни урнатиш шарт эмас, балки интернет оркали такдимот яратиш керак. Genially сервиси ёрдамида куйидагиларни бажариш мумкин: фойдаланувчи томонидан ёки автоматик ишга тушириладиган интерактив онлайн такдимотлар; видеотакдимотлар; динамик инфографикали хисоботлар ва аналитик докладларнинг турли куринишлари; геймификация ишлатилган лойихалар; интерактив плакатлар; фойдаланувчининг интерактив курсатмалари, электрон дарсликлар; тестлар; интерактив аризлар, шахсий портфолио. Genially сервисида яратилган тайёр махсулотни сайтда, ижтимоий тармокларда ёки ресурсга хавола килиш оркали ишга тушириш мумкин. Genially тайёр объект ва шаблонларнинг куплаб тизимлаштирилган тупламига эга. Буларга куйидагилар киради: матнли блоклар; тасвирлар; графика ва диаграммаларнинг шаблонлари; инфографика; иконкалар; фигуралар; анимацион сахналар иллюстрацияси; интерактив элементлар (слайдда слайд ва объектларни бошкариш элеентлари); смарт объектлар (динамикада жараёнларни намойиш этиш учун объектлар); ташки ресурслар (масалан, Ютубга роликлар жойлаштириш). Барча объектлар слайдларга жойлаштирилади. Тизим слайдларнинг юзлаб тайёр анимацияли интерактив шаблонларини таклиф этади: факат слайд шаблони танланади ва керакли объектлар билан тулдирилади.
Genially дастурида электрон таълим ресурсларини ишлаб чикишда сервис асбобларини узлаштириш унча катта кийинчилик тугдирмайди. Чунки шахсий кабинетда турли педагогик масалаларни уз ичига олган тайёр шаблонлар мавжуд. Genially талабаларнинг узаро хамкорлиги асосида шакллантириладиган лойихаларни ташкиллаштиришга рухсат беради. Лойиха натижасини Genially сервисида хавола оркали бевосита куриш мумкин. Бундан ташкари, тайёр ресурсни ижтимоий тармокларда таркатиш, сайтда, таълим тизимида (масалан, Moodle) такдим этиш, pdf, jpg, html (офлайн куриш учун) форматида юклаб олиш мумкин. Genially бизнес учун контентни жонлантирувчи платофрма хисобланади. Сервис такдим этадиган имкониятларга куйидагилар киради: Сервисда яратилган интерактив контент аудитория эътиборини узига каратади ва томошабинларни доимий мижозларга айлантиради. Интерактив контент аудиторияни сайт билан биргаликда ишлашини таъминлайди. Сервис санокли дакикаларда сифатли контент яратишга имкон беради. Genially ягона стилли такдимотлар, инфографика, интерактив тасвирлар яратувчи жамоа учун ягона платформа хисобланади.
Genially сервисида такдимот яратиш алгоритми:
1. Сервисда руйхатдан утиш
2. Шаблонни танлаш
3. Такдимот яратиш
4. Намойиш этиш
Сервисда руйхатдан утиш Сервисни ишлатиш учун олдин руйхатдан утиш керак. Сервис манзили: https://www.genial.ly/, Сервисда руйхатдан утиш булими: https://www.genial.ly/register Электрон почта ёки ижтимоий тармокардаги аккаунтлар оркали руйхатдан утиш мумкин:
WPS Office (Writer, Presentation and Spreadsheets qisqartmasi , ilgari Kingsoft Office nomi bilan tanilgan) - bu Xitoyning dasturiy ta'minot ishlab chiqaruvchisi Kingsoft tomonidan Microsoft Office-ga alternativa sifatida yaratilgan ofis to'plami. Mahsulot Xitoyda uzoq yillik rivojlanish tarixiga ega. 2014 yil 6-iyunda Kingsoft Office WPS Office deb o'zgartirildi. Kingsoft Office-ning barcha pullik va bepul mahsulotlari WPS Office deb o'zgartirildi .
WPS Office ko'plab tillarda, jumladan ingliz, frantsuz, nemis, ispan, portugal, rus va polyak tillarida rasmiy interfeyslarga ega . Android va Linux (alfa versiyasi) uchun versiyalar to'liq bepul va xalqaro interfeys tiliga ega (Linux versiyasida rus tiliga tarjima jamiyat tomonidan amalga oshirilgan). Paket Kingsoft Writer matn protsessori, Kingsoft Presentation taqdimot dasturi va Kingsoft Spreadsheets elektron jadval protsessoridan iborat.
Komponentlar: matn protsessori, elektron jadval, taqdimot dasturi.
WPS Office bu so'zlarni qayta ishlash hujjatlari, elektron jadvallar va taqdimotlarni yaratishda yordam beradigan bepul ofis to'plamidir. Ofis to'plamiga kiritilgan komponentlar Microsft Office-ga o'xshash interfeysga ega. Garchi interfeysni o'zgartirish mumkin bo'lsa ham. Ta'kidlash joizki, WPS Office yordamida fayllarni DOC, DOCX, XLS, XLSX formatida saqlashingiz mumkin. Office to'plamlari tezkor.