Introducing 

Prezi AI.

Your new presentation assistant.

Refine, enhance, and tailor your content, source relevant images, and edit visuals quicker than ever before.

Loading…
Transcript

BABAEVA MAXLIYO

TFL-119

Eng qadimgi davr madaniy merosimizning o'rganish

Tarixi

Avesto haqida

Zardushtiylik dini haqida umumiy malumot

  • Asoschisi Zardusht
  • Paydo bo'lgan vaqti m.a.VI-V asr
  • Din asoslari bayon etilgan manba 'AVESTO'
  • Hozirda bu dinga etiqot qiluvchilar yashaydigan joylar Hindistonning Bombay, Gujarot shtatlarida 115mingdan ziyod axoli
  • Muqaddas unsurlari suv, olov, havo, tuproq

zardushtiylik qayerda paydo bo'lgan ?

Zardushiylik dini Mil.av. 1 ming yillikning birinchi yarmida Markaziy Osiyoda zardushtiylik dini keng tarqaldi. Bu din «Serquyosh mamlakat» Xorazm (Amudaryoning quyi oqimida) «fuqarosi ko’p va chorvaga boy» Sug’diyona (Zarafshon vodiysida), «qudratli va muqaddas» Marv, «…shon-shavkati olamni tutgan mamlakat» Baktriya (Amudaryoning yuqori oqimi) deb yoziladi.

ZARDUSHT haqida

Zardusht (Zaratushtra, Avesto tili boyicha Zoroastr (yun.) (mil. av. taxminan 618, Xorazm — mil.av. 554, Balx)— zardushtiylik asoschisi; Movarounnahr, Xuroson va Eron xalklarining birinchi voizi, shoir, din peshvosi; paygambar. Spitama urug'ining raisi Purushasp xonadonida tug'ilgan.

Podshoh Doro Ibn Doro xazinasida 12 ming qoramol terisiga tilla bilan bitilgan. Iskandar (Aleksandr Makedonskiy) esa bu yurtga bostirib kelgan va otashxonalarni vayron qilib, Zardusht diniga e’tiqod etuvchi xalqni taziyq ostiga olib , ularni o’ldirib yuboradilar.

Avesto haqida

Ma’lumotlarga qaraganda, bu kitob ahomoniylar sulolasi poytaxti Sheroz yaqinidagi Taxti Jamshidda saqlangan .

'Avesto' dagi ma’lumotlarning qadimgi qismi eramizdan avvalgi 3000 – 2000 yillarga tegishli deb taxmin qiladi olimalar.

Shuning uchun ham "Avesto" ning 3/5 qismi yo’qolib ketdi. Lekin, Iskandar( Aleksandr Makedonskiy) falsafa, tibbiyot, astronomiyaga tegishli qismini saqlab qolgan. Bu qo’lyozmalardan keng foydalanilgan va uni yunon tiliga tarjima qildirgan. Iskandarning hukmronligi tugagach , miloddan avvalgi 250-yilda Arshohiylar davrida ―Avesto‖ yana yo’qotilgan qismlari tiklangan va yangi matnlar bilan to’ldirilgan.

Kitob haqida

Kitob haqida

Bizgacha bu kitobning 4 tasi saqlanib qolgan. Bu kitoblar quyidagilar:

2.Yasna

4.Yashta

1.Vadovdot (Vendidat)

3.Vispart

Oila Jamoasi

Nmana

Vis

Patriarxal urug' Jamoasi

"AVESTO" dagi malumotlarga ko'ra , O'rta Osiyo aholisining ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlari quyidagicha bo'lgan;

Qabila jamoasi

Zantu

Dahyu

Qabilalar ittifoqi

Ameretat

"AVESTO"DAGI XUDOLAR

O'simlik va mangulik homiysi

"AVESTO"dagi Hudolar

Sienta Armanti

Ahura Mazda haqiqat va ezgulik dunyosini yarauvchisi . Ahura buyuklik va haqqoniylik timsoli. U Hudolar va odamlar orasidagi adolat, mardlikva poklik himoyachisidir. Ahuramazdaning 6 nafar eng yaqin yordamchilari;

Yer va diyonat homiysi

Xshatra Varya

Asha Vahihsta

Madaniyat va hokimiyat, qudrat homiysi

Vohu Manax

Olov va yuksak haqiqat hudosi

Chorva mollari va ezgu fikr xudosi

Buddaviylik dinini vujuda kelishi

BUDDAVIYLIK DINI

  • Mill.av VI-V asrlarda
  • Shimoliy Hindistonda
  • E'tiqot qiluvchilar soni 500mil
  • Jaxon dinlari orasida 3 o'rinda
  • Asoschisi Siddarta Gautama-Budda
  • Muqaddas kitobi-Tripitaka
  • Buddizm- xudolarga ishonmaydi

Buddizm asoschisining shaxsi

Budda (sanskritcha — xotirjam, nurlangan, oliy haqiqatga erishgan)Buddizm diniy kitoblarida aytilishicha, Gautama tugʻilgach, yetti kundan so'ng onasi vafot qilgan. Shahzoda Gautama pahlavon bo'lib o'sa boradi. 16 yoshida uni Yashodharaga uylantiradilar. Ammo to'q, farovon turmush uni qoniqtirmaydi, 29 yoshida Gautama xotini va yaqindagina tugilgan o'g'lini tark etib, sayyor darvishlar — shramanlarga qo'shiladi.

U 6 yil Ganga daryosi qirgʻoqlarida zoxdplik bilan hayot kechiradi va tana faolligini sundirish aklning ozishiga olib kelishini anglagach, 35 yoshida 4 hafta (yoki 7 hafta) davomida meditatsiya (butun ongini oliy haqiqatga erishish goyasiga qaratish) holatiga kiradi. Nihoyat, u maqsadiga erishadi va koinotning barcha sirasroridan voqif boʻlgan B.ga aylanadi. B. insoniyat boshiga tushadigan azobuqubatlar sabablarini oʻrganish va insoniyatni ulardan xalos qilish uchun harakat qildi. Shundan soʻng B. 45 yil davomida qad. hind davlatlari Koshala va Magadxa boʻylab oʻz taʼlimotini targʻib qiladi va 80 yoshida vafot etadi.

Taʼlimoti

Buddizm taʼlimoti, asosan, uch qismdan iborat:

1) axloq;

2) meditatsiya;

3) donolik.

AXLOQ normalari

  • qotillikdan saqlanish;
  • o'g'rilikdan saqlanish;
  • gumrohlikdan saqlanish;
  • yolg'on, qalbaki narsalardan saqlanish;
  • mast qiluvchi narsalardan saqlanish

Meditatsiya

  • toʻgʻri tushunish (toʻgʻri eʼtiqod qilish) — Buddaning birinchi daʼvatida soʻz yuritilgan toʻrt haqiqatni bilish va unga ishonish;
  • toʻgʻri niyat qilish — dunyoviy lazzat-halovatlardan xalos boʻlishga, keraksiz fikrlar va boshqalarga zarar yetkazib qoʻyishdan saqlanishga intilish;
  • oʻzini toʻgʻri tutish — oʻziniki boʻlmagan narsaga koʻz olaytirmaslik, ortiqcha hissiyotga berilmaslik;
  • toʻgʻri anglash — oʻz tanasi va ruhiga oʻzini yoʻqotib qoʻymaydigan darajada nazoratda boʻlish hamda bunda ehtiroslar va iztiroblarga chek qoʻyish;
  • toʻgʻri harakat qilish — oʻzidagi yomon tuyg'ularni jilovlash hamda ezgu tuygʻular va harakatlarni rivojlantirish;
  • to'g'ri hayot kechirish — nomaqul hayot tarzidan saqlanish;
  • toʻgʻri fikr yuritish — kamolotning to'rt bosqichini ketma-ket bosib oʻtish;
  • toʻgʻri gapirish — yolgʻondan, tuhmatdan, haqoratdan va befoyda gaplardan saqlanish.

Donishmandlik

DONISHMANDLIK-bu buddizmning asosiy maqsadi boʻlib, narsalar tabiatini toʻgʻri tushunishdan iborat.

Yuqorida koʻrsatilgan uch amaliyot bosqichini oʻtagan inson oxir-oqibat oliy saodatga, yaʼni nirvana holatiga erishadi. Nirvana soʻzining lugʻaviy maʼnosi — "oʻchish, soʻnish". Unda hayotning har qanday koʻrinishiga intilish yoʻqoladi.

Buddani O'zbekistonda qoldirgan izlari

Buddaviylik O‘zbekiston janubining qadimgi va ilk o‘rta asrlar tarixida chuqur iz qoldirgan din hisoblana-di. VII asrning boshlari-da Termizda 10 ta buddaviylik monastiri (sangarama) va mingta rohib bo‘lgan.1927-yilda qadimiy Termizda buddaviylikka oid

noyob yodgorliklar mavjudligi aniqlandi.

Qoratepa va Chingiztepa yirik buddaviylik monastiri bo‘lganligi aniqlandi va grek-buddaviylik me’morchiligi va haykallarining parchalari topilgan

Ayritom

Ayritom Termizdan 7 km masofada, Amudaryoning qadimiy kechuvi yaqinida, tik qirg‘oqning

o‘ng tomonida joylashgan. Ko‘hna shaharning sharq tarafida buddaviylik stupa-

siga o‘xshash minora shaklidagi xom g‘ishtdan qurilgan

bino vayronalari joylashgan.Xom g‘ishtdan qurilgan bino qoldiqlari, uning ichida esa haykal, tosh karnizlar, me’moriy buyumlar topilgan

Qoratepa.

Tepalik buddaviylik ruhoniylarining eng katta markazi hisoblangan va u Kushon imperiya-

si davridagi Termizning tashqi devori himoyasi ostida, shahar tashqarisida joylashgan bo‘lgantadqiqot ekspeditsiyasi natijasida Qoratepa binolarining uch qavati topilgan. Asosiy majmuaning uch qismi g‘arbdan sharqqa qarab deyarli

to‘g‘ri tortilgan. Maxsus hovlida Budda qabrining timsoli bo‘lgan «stupa» o‘rnatilgan.

.

Fayoztepa

Qoratepa sharqidan sakson metr narida Fayoztepa ibodatxona-monastiri majmuyi aniqlandi.

Fayoztepa ibodatxonasi to‘g‘ri to‘rtburchakdan iborat tuzilishga ega.Bino uchta teng qismga ajralgan, ularning har birida ichki hovli bo‘lgan. Bir qismida yashash xonasini o‘z ichiga olgan monastir (rohibxona) joylashgan. Unda rohiblar yashaganlar. Bundan tashqari, ovqatlanila diganxona, oshxona, non yopiladigan xona kabi yordamchi xonalar bo‘lgan. Uchinchisi ibodatxonaga o‘xshagan

Dalvarzintepa

Surxondaryo viloyati, Sho‘rchi tumanida joylashgan. Buddaviylikka oid mazkur yodgor

lik 1962-yili aniqlangan. Ushbu qadimiy shahardan tashqarida ham yana bir

buddaviylik ibodatxonasi, vino tayyorlash qurilmalari hamda dafn qilish joyi topilgan.

Xristianlik Dini

Umumiy ma'lumot

  • Bu din milodi 1asrda Falastinda vujudga kelgan
  • E'tiqot qiluvchilar soni 2mlrdni tashkil etadi
  • Jaxon dinlari ichida 1 orinni egallaydi
  • Muqaddas kitobi- Injil hisoblanadi
  • Payg'ambari Iso Masihdir.

Iso kim?

Iso, Iso Masih — Qur'onda tilga olingan payg'ambarlardan biri.Qurʼonda, shuningdek, "al-Masih" ("xudo yarlaqagan"), Ibn Maryam ("Maryamning o'g'li"), Abdulloh ("Allohning quli"), Rasululloh ("Allohning elchisi"), Allohning muqarrabi (yaqini), "Haqni so'zlovchi", deb ta'riflanadi. Allohning bandasi va bokira qiz Maryamdan mo'jiza bilan tug'ilgan.Alloh unga "Bani Isroil" qavmini hidoyatga boshlash uchun payg'ambarlik darajasini iroda etdi.U O'zidan keyin Ahmad (ya'ni Muhammad) nomida bir paygʻambar boʻlishi bashoratini ham yet-kazdi.

Title

Learn more about creating dynamic, engaging presentations with Prezi