Introducing 

Prezi AI.

Your new presentation assistant.

Refine, enhance, and tailor your content, source relevant images, and edit visuals quicker than ever before.

Loading…
Transcript

smm nima?

smm ma'nosi

Social Media Marketing [SMM] – bu ingliz tilidan ijtimoiy media marketing bo’lib, Internet marketingning bir turi deb hisoblanadi. Uning asosiy maqsadi – ijtimoiy tarmoqlardan mijozlarni mahsulot va xizmatlaringizga jalb etish.

rivojlanishi

SMM nima evaziga rivojlandi?

Bugungi kunda dunyo aholisining 58,11% ijtimoiy tarmoqlardan faydalanadi

SMM nima deb so’ralganda – bu o’z brendingizni tanitish, sotuv hajmini ko’paytirish va veb-sayt trafikini oshirish maqsadlari ham tushuniladi. SMM haqida ma’lumot berayotganda sizning tarmoqdagi profilingizda kontent yaratish, obunachilaringiz bilan muloqot qilish va ularni jalb etish va ijtimoiy media (Instagram, Telegramda) reklama berishlarlarni o’z ichiga oladi.

SMM marketing nima uchun rivojlanib borayotganining asosiy sababi bu foydalanuvchilar soni kundan kunfa o’sib borayotgani. Marketing Sherpa statistik ma’lumotlariga ko’ra, 18 yoshdan 34 yoshgacha bo’lgan odamlarning 95%-iga mahsulot brendini kuzatish va u bilan aloqa qilishda SMM media usuli eng qulayi deb hisoblashdi. SMM mutaxassis lavozimiga katta talab borligining sababi ham shu: deyarli har bir kompaniya SMM xizmatini ishlatadi. Hattoki ko’pgina brendlar uchun bu online savdoda yagona reklama usuli ham.

marketing

SMM marketing nimaga yo’naltirilgan?

Hozirgi kunda O’zbekistonda ham SMM rivojlanmoqda. Foydalanuvchilar 2019 yilga nisbatan 49% oshdi

Shuning uchun ham SMM xizmati hammaga mos keladi: katta kompaniyalar, Internet-do’konlar, xizmatlar va ommaviy axborot vositalar uchun.

SMM ishining asosiy maqsadi (har qanday reklama kabi) – biznesga ko’proq pul olib kelishdir.

Uning uchun har xil usullar qo’llanadi

Facebook, Telegram va Instagram tarmoqlaridan xaridor topishadi. Buning uchun brendni to’g’ridan-to’g’ri mahsulotlarini reklama qiladilar (SMM targeting), kontent marketingidan foydalanadilar yoki sheriklar bilan bog’lanadilar.

Sodiq mijozlarni etishtirish uchun brend atrofida hamjamiyatni yarating.

Potentsial xaridorlarning e’tiborini jalb qilish va ijtimoiy tarmoqdagi obunachilaringizni ko’paytirish uchun foydali maqolalar va videolarni baham ko’ring.

mutahasisning

vazifasi

SMM mutaxassis nimalar qiladi?

SMM mutaxassis – kompaniya ijtimoiy tarmoqlarda sahifasini rivojlantirish bilan shug’ullanadi.

Uning ish tartibiga quyidagi vazifalar kiradi:

Taqdim etish uchun postlarni tanlaydi, bir hafta / oy / yil uchun kontent rejasini tuzadi.

Kontent yaratish jarayonini boshqaradi: reklama matnlarini yozish, videokontent tayyorlash, testlar tuzish. Ba’zan o’zi bajarishi ham mumkin.

Obunachilarning savollariga kompaniya nomidan javob beradi, postlar ostidagi sharhlarini (kommentlar) tekshirib turadi.

Turli xil ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlarni pullik targ’ibotini o’rnatadi (SMM targeting)

Ijtimoiy tarmoqlarning samaradorligini kuzatib boradi: abonentlar bazasi qanday o’sib bormoqda, kompaniyaga yangi mijozlar keladimi, ular buyurtma berishadimi, qancha pul olib kelishadi.

oylik maosh

1-oylik daromad

Bu kasbning eng katta afzalligi, bu uyni tark etmasdan ishlay olish imkonidir. Ya'ni hozirda ko'p qulog'ingizga chalinayotgan “freelancer” soʻzi aynan shunday kasb egasidir. Albatta freelanceda boshqa ishlar bilan ham shug'ullansa bo'ladi, bu haqda keying maqolalarimda to'xtalib oʻtaman.

Endi esa mavzuimizning eng qiziq qismiga keldik. Maosh! Yuqorida aytib o'tganimdek, SMM mutaxassisining vazifalari ko'p qamrovlidir. Qilingan ish va majburiyatlariga qarab oylik pul ham har xil boʻladi.

Masalan: Siz reklama agentligida SMM menedjer bo'lib faoliyat yuritsangiz, farqi yo'q siz "inhouse" mutaxassismisiz yoki "outsource"mi oyligingiz 2 million so'mdan 3,5 milliongacha bo'lishi mumkin. Lekin agar hech bir joyda ishlamay,

yakka o'zingiz proyektlar bilan shugʻullansangiz oyligingiz 8 million so'mga ham yetishi mumkin.

Xursand bo'lishga shoshmang, bu 8 millionni olish uchun, siz reklama agentligida ishlayotgan 8 ta odamni ishini qilishingizga to'g'ri keladi. Ya'ni siz targetolog, kopirayter, dizayner, fotosuratchi, ekonomist va analitik bo'lishingiz kerak bo'ladi (Bitta proyektni yaxshi olib borish uchun shunday mutaxassislar

kerak bo'ladi). Sizni tinchlantiradigan bir narsa bu - yuqorida keltirilgan kasblarni bitta odam ham mukammal egallashi mumkinligidir. Faqatgina katta

xohish va vaqt kerak bo'ladi xolos.

ish o'rinlari

SMM menejer bo'lib ishlash uchun ishni

qayerlardan topish mumkin.

Ushbu kasbni mukammal o'rganganingizdan keyin, sizda qayerdan ish topsam

ekan, degan savol tug'iladi. Ko'pincha marketologiyaga bog'liq bo'sh ish

o'rinlarini quyidagi saytlaridan topishingiz mumkin:

Rabota.uz

OLX.uz

Ishko'p.uz

Chet tilini bilsangiz, masofadan turib boshqa davlatda ham ishlasangiz bo'ladi.

Masalan, Rossiya uchun quyidagi saytilarda aniq ish topasiz:

- hh.ru

- Work-Zilla.com

KWORK

Maoshni odatda valyuta kartasi yoki electron hamyonlarga o'tkarishadi.

Yuqorida yozib o'tilgan agentliklarning internet sahifalarida ham bo'sh ish

joylari haqida ma'lumotlar paydo bo'lib turadi, ularni muntazam kuzatib

boring. Ko'pgina xollarda SMM mutaxassis amaliyot o'tagan agentligida ishga

joylashadi, agar o'zini yaxshi tomondan ko'rsatsa, albatta.

Learn more about creating dynamic, engaging presentations with Prezi