Introducing
Your new presentation assistant.
Refine, enhance, and tailor your content, source relevant images, and edit visuals quicker than ever before.
Trending searches
Place Your
Logo Here
Your name / Your company
dd/mm/yyyy
REJA:
Belgi va belgilar sistemasi
Qadimda axborotlarni kodlash
Kodlash usullari
Insoniyat o‘z ongidagi ma’lumotlarni kelajak avlodga moddiy holda saqlab qo‘yish maqsadida tasvirlay boshlaganda turli belgilardan foydalangan. Belgi biror obyektning o‘rnini bosuvchi aksi bo‘lib xizmat qiladi, shu sababli belgilar uzatuvchiga qabul qiluvchining ongida obyektning mos aksini hosil qilish imkonini beradi. Umuman, belgi – bu oshkor yoki oshkormas holda hissiy idrok etilayotgan obyektga aniq mazmun berish kelishuvidir
Birinchi kodlashni qo‘llagan inson Qadimgi Gretsiyaning sarkardasi Lisandro hisoblanadi. U axborotni mahfiy saqlash, ya’ni kodlash uchun ma’lum bir qalinlikdagi «Ssital» tayoqchasini o‘ylab topgan. Kodlashning bu usuli o‘rin almashtirish usuli deb ataladi
Qadimgi Rim imperatori Yuliy Sezar ham axborotning mahfiyligini saqlash uchun matnni kodlash usulini o‘ylab topgan. «Sezar shifri»da matndagi harf alifboda o‘zidan keyin kelgan uchinchi harfga almashtiriladi. Bunda alifbo doiraviy yozilgan hisoblanadi. Bu kodlash usuliga alifboni surish usuli deyiladi. Sezar usulidan foydalanganda belgini istalgancha surish mumkin.
Semyuel Morze 1837yilda elektromagnit telegraf qurilmasini ixtiro qilgan va 1838yilda shu qurilma uchun telegraf kodini ishlab chiqqan. Unda harf va raqamlarga nuqta va tirelarning maxsus ketmaketligi kod sifatida mos qo‘yiladi, ya’ni axborot quyidagi uchta belgi yordamida kodlanadi: «uzun signal» (tire yordamida ifodalanadi), «qisqa signal» (nuqta yordamida ifodalanadi), «signalsiz» (bo‘shliq, pauza bilan ifodalanadi).
Morze kodlash usulini notekis kodlash usuliga misol bo‘ladi. Mazkur usul yordamida «elektron» so‘zini yozsak, u quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi. •• – •• •–•• •• – •• – • – – • – • – – – – •
Bir tomondan, Morze usulida belgilarning turli boshqa belgilar bilan hamda ularning bir nechtasi bilan ifodalanishi mazkur usulning keng qo‘llanilishiga to‘siqlik qilsa, ikkinchi tomondan, uning faqat ikki belgi – nuqta va tiredan iboratligi uni texnik vositalarda qo‘llash imkonini beradi. Morze usuli notekis kodlash usuliga, quyidagi usullar tekis kodlash usuliga misol bo‘ladi
Axborotni kodlashning yana bir eng sodda usuli tartiblangan alifbo usuli bo‘lib, unda alifbodagi harflarni ularning tartibini ko‘rsatuvchi sonlar bilan kodlashdan iborat:
Tartiblangan alifbo usulida har bir harfga 2 ta belgidan iborat kod mos qo‘yilgan.
Masalan,
«Bugun havo issiq» degan axborot quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi:
02 20 06 20 13 07 01 21 14 08 18 18 08 16
Bu usulda tinish belgilari va boshqa kerakli belgilarni ham alohida kodlab, matn yozishda foydalanish mumkin. Alifbo harflarini kodlashning boshqa usullari ham mavjud. Masalan, quyidagi kodlashni qaraymiz:
E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT!