Loading…
Transcript

Dasturlash

Miraliyev Dilshod

html nima

html

Butun dunyo o’rgimchagi to’ri – World Wide Web (WWW) HTML gipermatn bog’lanish tili yordamida tuzilgan Web-sahifalardan iborat HTML ancha murakkab til (Standart Generalived Marnup Language) SGMLning hisoblanadi. Ananaviy tushuncha bo’yicha HTML butunlay dasturlash tili hisoblanmaydi. HTML–hujjatni belgilash tili. HTML–hujjatni tadqiq qilishda matnli hujjatlar teg(tag)lar bilan belgilanadi. Ular maxsus burchakli ishoralar bilan o’rlagan bo’ladi, (< va >). Teglar matnlarni formatlashda va matnga har xil nomatn elementlarni masalan, grafiklar, qo’shimcha ob'ektlar va shu kabilarni o’rnatishda ishlatiladi.

qoidalari

HTML tilining asosiy qoidalari quyidagicha:

1 - qoida. HTMLdagi istalgan harakat teglar bilan aniqlanadi. Bitta teg (chap) harakatning bosh qismida, ikkinchisi esa, (o’ng) oxirida turadi. Bunda teglar « < » yoki « > » ishoralar bilan yonma-yon turadi. Yolg’iz o’zi ishlatiladigan teglar ham mavjud.

2 - qoida. Brauzer darchasidagi burchakli qavs ichiga joylashtirilgan istagan teg yoki boshqa instruktsiya tashqariga chiqarilmaydi va HTML–fayl uchun ichki buyruq hisoblanadi

Demak, WWW sistemasidan qandaydir hujjat yoki xabar olsangiz, ekranda yaxshi formatlangan, o`qish uchun qulay matn paydo bo`lganini ko`rasiz. Bu shuni anglatadiki, WWW hujjatlarida qandaydir ma'lumotlarni ekranda boshqarish imkoniyati ham mavjud. Hujjatlar tayyor, siz foydalanuvchiningqaysi kompyuterda ishlashini bilmaysiz, hujjatlar aniq bir kompyuter platformalariga mo`ljallangan yoki qaysidir format bilan saqlanishini oldindan ayta olmaysiz. Kompyuterda ishlayotgan foydalanuvchi qaysi terminalda ishlashidan qat'iy nazar, yaxshi formatlangan hujjatni olish kerak. Bu muammoni HTML andoza tili hal qiladi.

css nima

CSS veb-sahifaning tashqi ko'rinishi va hissi bilan ishlov beradi. CSSdan foydalanib, siz matnning rangini, shriftlarning uslubini, paragraflar orasidagi bo'shliqni, ustunlarning o'lchamlari va joylashishini, fon rasmlari yoki ranglarning qanday ishlatilishini, sxemaning tuzilishini, turli xil qurilmalar va ekran o'lchamlari uchun displeyning o'zgarishini boshqarishingiz mumkin. shuningdek, turli xil effektlar.

css

css afzalliklari

CSSning afzalliklari

CSS vaqtni tejaydi - Siz CSSni bir marta yozib, keyin bir nechta HTML sahifalarida bir varaqdan qayta foydalanishingiz mumkin. Har bir HTML elementi uchun uslubni aniqlab, uni istaganingizcha veb-sahifalarga qo'llashingiz mumkin.

Sahifalar tezroq yuklanadi - Agar siz CSSdan foydalanayotgan bo'lsangiz, har safar HTML atributlarini yozishingiz shart emas. Bir tegning bitta CSS qoidasini yozing va uni ushbu tegning barcha holatlariga qo'llang. Shunday qilib, kam kod degani tezroq yuklab olish vaqtini anglatadi.

JavaScript va uning imkoniyatlari

java

script

Javascript – bu Webni gipermatnli sahifalarini klient tomonida ko’rish tsenariyalarini boshqarish tili. Yanada aniqroq aytadigan bo’lsa, Javascript – bu na faqat klient tomonidagi dasturlash tili. Liveware Javascript tilining avlodi bo’lib, Netscape serveri tomonida ishlovchi vosita bo’ladi. Ammo Javascript tilini mashhur qilgan narsa bu klient tomonida dasturlashdir.

Javascriptning asosiy vazifasi – HTML-konteynerlar atributlarining qiymatlarini va ko’rsatuvchi muhitining hossalirini HTML-sarlavxalarni ko’rish jarayonida foydalanuvchi tomonidan o’zgartirish imkoniyatlarida, boshqacha aytganda ularni dinamik sarlavxalar qilish (DHTML). Yana shuni aytish joizki, sarlavxalar qayta yuklanmaydi

Amalda buni, masalan, quydagicha ifodalash mumkin, sarlavxaning fonini rangini yoki xujjatdagi rasmni o’zgartirish, yangi oyna ochish yoki ogoxlantirish oynasini chiqarish.

“JavaScript” nomi Netscape kompaniyasining hususiy maxsuloti. Microsoft tomonidan amalga oshirilgan til rasman Jscript deb nomlanadi. Jscript versiyalari Javascriptning mos versiyalari bilan mos keladi (aniqroq qilib aytganda oxirigacha emas).

Javascript – ECMA (European Computer Manufacturers Association – Evropa Kompyuter Ishlab Chiqaruvchilar Assotsiyatsiyasi) tomonidan standartlashtirilgan. Mos standartlar quydagicha nomlanadi ECMA-262 va ISO-16262. Ushbu standartlar bilan Javascript 1.1ga taqriban ekvivalent ECMAScript tili aniqlanadi. Eslatish joizki, bugungi kunda Javascript ning hamma versiyalari ham ECMA standartlariga mos kelavermaydi. Mazkur kurs yoki qo’llanmada barcha hollarda biz Javascript nomidan foydalanamiz.

Dasturlar

JavaScript da yaratilgan dasturlar

pyton

Python dasturlash tilini yaratilishi 1990-yil boshlaridan boshlangan. O‘sha

paytlarda uncha taniqli bo`lmagan Gollandiyaning CWI institute xodimi Gvido van

Rossum ABC tilini yaratilish proektida ishtirok etgan edi. ABCtili Basic tili o‘rniga

talabalarga asosiy dasturlash konsepsiyalarini o‘rgatish uchun mo`ljallangan til edi.

Bir kun Gvido bu ishlardan charchadi va 2 hafta davomida o‘zining Macintoshida

boshqa oddiy tilning interpretatorini yozdi, bunda u albatta ABC tilining ba’zi bir

g‘oyalarini o‘zlashtirdi. Shuningdek, Python 1980-1990-yillarda keng foydalanilgan

Algol-68, C, C++, Modul3 ABC, SmallTalk tillarining ko‘plab xususiyatlarini o‘ziga

olgandi. Gvido van Rossum bu tilni internet orqali tarqata boshladi. Bu paytda

o‘zining “Dasturlash tillarining qiyosiy taqrizi” veb sahifasi bilan internetda to 1996-

yilgacha Stiv Mayevskiy ismli kishi taniqli edi. U ham Macintoshni yoqtirardi va bu

narsa uni Gvido bilan yaqinlashtirdi. O‘sha paytlarda Gvido BBC ning “Monti

Paytonning havo sirki” komediyasining muxlisi edi va o‘zi yaratgan tilni Monti

Payton nomiga Python deb atadi (ilon nomiga emas). Til tezda ommalashdi. Bu

dasturlash tiliga qiziqqan va tushunadigan foydalanuvchilar soni ko‘paydi. Boshida

bu juda oddiy til edi. Shunchaki kichik interpretator bir nechta funksiyalarga ega edi.

1991-yil birinchi OYD(Obyektga Yo‘naltirilgan Dasturlash) vositalari paydo bo‘ldi.

Bir qancha vaqt o‘tib Gvido Gollandiyadan Amerikaga ko‘chib o‘tdi. Uni NRI

korparatsiyasiga ishlashga taklif etishdi. U o‘sha yerda ishladi va korparatsiya

shug‘ullanayotgan proektlarni Python tilida yozdi va bo‘sh ish vaqtlarida tilni

interpretatorini rivojlantirib bordi. Bu 1990-yil Python 1.5.2 versiyasi paydo

bo‘lguncha davom etdi. Gvidoning asosiy vaqti korparatsiyani proektlarini yaratishga

ketardi bu esa unga yoqmasdi. Chunki uning Python dasturlash tilini rivojlantirishga

vaqti qolmayotgandi. Shunda u o‘ziga tilni rivojlantirishga imkoniyat yaratib bera

oladigan homiy izladi va uni o‘sha paytlarda endi tashkil etilgan BeOpen firmasi

qo‘llab quvvatladi.

Dasturlash tili

Pyton dasturlash tili

PhP dasturlash tili

PhP