Loading presentation...

Present Remotely

Send the link below via email or IM

Copy

Present to your audience

Start remote presentation

  • Invited audience members will follow you as you navigate and present
  • People invited to a presentation do not need a Prezi account
  • This link expires 10 minutes after you close the presentation
  • A maximum of 30 users can follow your presentation
  • Learn more about this feature in our knowledge base article

Do you really want to delete this prezi?

Neither you, nor the coeditors you shared it with will be able to recover it again.

DeleteCancel

Make your likes visible on Facebook?

Connect your Facebook account to Prezi and let your likes appear on your timeline.
You can change this under Settings & Account at any time.

No, thanks

Namangan viloyati

No description
by

Jasurbek Ahmadjonov

on 4 March 2015

Comments (0)

Please log in to add your comment.

Report abuse

Transcript of Namangan viloyati

Mamlakatimizning ko'p asrlik tarixi va mustaqillik davridagi taraqqiyotida Namangan viloyati o'zining boy o'tmishi, madaniyati bilan muhim o'rin egallab kelgan. Namangan Farg'ona vodiysidagi qadimgi shaharlardan. Shahar ko'chmanchi chorvadorlar va dehqonchilik bilan shug'ullanuvchi o'troq aholi yashaydigan chegarada vujudga kelgan. Namangan qishlog'i haqidagi dastlabki ma'lumot 14-asrlar oxiriga tegishli. Bobur o'zining "Boburnoma" asarida Namanganni qishloq sifatida eslatib o'tgan. Tarixchilarning xabar berishicha, bu yerga 1582 yilda asir olingan forslar keltirib joylashtirilgan. 1643 yilgi vaqf hujjatida ham shahar deyilgan. Shahar tuz koni yaqinida barpo bo'lganligi uchun nomi "namak kon" so'zlaridan deb taxmin qilinadi. 1620 yil Farg'ona vodiysining qadimgi poytaxti Axsi (Axsikant) zilziladan vayron bo'lgach, uning aholisi yaqinroq joylashgan Namanganga ko'chib o'tadi. 1813 yilda Qo'qon xonligida bo'lgan rus elchisi Filipp Nazarov Namangan shahar hokimining devor bilan o'ralgan saroyida ancha lashkar saqlanganligini yozgan.
Uchqo'rg'on tumani
Uchqo'rg'on tumani Namangan viloyatining sharqiy qismida joylashgan. Tuman 1935 yil 28 iyulda tashkil topgan. 1940 yilda Farg'ona viloyati, 1941 yil 6 martdan Namangan viloyati tarkibida, 1960-1967 yilgacha Andijon viloyati, 1968 yildan esa Namangan viloyati tarkibidagi tuman hisoblanadi. 1962-1973 yillarda tuman Norin tumani bilan qo'shib idora etilgan. Viloyatning Norin tumani, g'arbdan Uychi, janubiy sharqdan Andijon viloyatining Izboskan tumani, shimol va sharqdan Qirg'iziston Respublikasi Jalolobod viloyati Oqsuv, Novkent tumanlari bilan chegaradosh bo'lib, chegara masofasi 42,5 km tashkil etadi. Tuman asosan tekisliklardan iborat bo'lib dengiz sathidan, o'rtacha mutlaq balandligi 500 metrni tashkil qilib, 42 gradus shimoliy kenglik, 72 gradus sharqiy uzunlik meridian chiziqlarini kesib o'tadi. Tumanning shimoliy g'arbidan oqib o'tuvchi Norin daryosining o'rtacha chuqurligi 15 metrni, kengligi 500 metr atrofida bo'lgan daryyo vodiysini hosil qiladi. Norin daryosidan tashqari katta Farg'ona kanali, Oktyabr kanali, Katta Andijon kanali, Haqulobod kanali, Damariq, Ingichka, Chap qirg'oq, Birlashgan kanalaridan ekinlarini sug'orishda foydalaniladi. Tuman Farg'ona vodiysidagi mo''atadil kontinental havo muassasaning janubiy qismiga yoki quruq subtropik havo muassasaning janubiy qismi chegaralariga joylashgan. Tuman hududida foydali qazilmalar deyarli yo'q. Qurilish materiallaridan shag'al va qum hom-ashyosi jismlar bor. 1974 yildan Uchqo'rg'on shahar hokimligi tashkil etilgan, O'zbekiston Republikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 30 sentyabrdagi "Shahar va tumanlar hokimliklari apparatlarining tashkiliy tuzilmalarini takomillashtirish to'g'risida"gi 459-sonli hamda shu mazmundagi viloyat hokimining 1997 yil 14 oktyabrdagi 292-sonli, tuman hokimining 1997 yil oktyabrdagi 30 oktyabrdagi 368-sonli qarorlari bilan Uchqo'rg'on shahar hokimligi tugatilgan. Uchqo'rg'on tumani tashkil topgandan buyon boshqa nom bilan yuritilmagan.
Yangiqo'rg'on tumani
Norin tumani
Norin tumani viloyatning janubiy sharqiy qismida joylashgan bo’lib. 1926 yil 29 sentyabrda tashkil etilgan 1962-1973 yillarda va 1988-89 yillarda Uchqo’rg’on tumani tarkibida bo’lgan. Tuman g’arbdan viloyatning Namangan va Uychi, shimoldan Uchqo’rg’on tumanlari, janub va sharqdan Andijon viloyatining Baliqchi va Izboskan tumanlari bilan chegaradosh. Mydoni 207.1 kv.km.
Norin tumanida Xaqqulobod shaxar, 8 ta qishloq fuqarolar yig’ini (Paxtaqishloq, Toshloq, Xo’jaobod. To’da, Marg’izor, Norinkapa, Uchtepa, Kurgontepa) va 55 ta maxalla fuqorolar yig’inlari mavjud. Norin tumani viloyatning sharqiy qismida Farg’ona tizmasini etaklarida joylashgan. G’arbiy chegaralari bo’ylab Qoradaryo oqib o’tadi, relefi past-baland tekisliklardan iborat (ball 600-800) metr tog’ etaklari paleogen davrining gil, oxaktosh, mergel jinslaridan tarkib topgan Norin xavzasi yoppasiga kondomeratdan iborat. Qoradaryo xavzasida kondomerat ustuni o’nlab metr qalinlikda qoplab o’tgan qiyosiy katta maydonda tekislik xosil qilgan. Norinning qayr tekisligi Uchqo’rg’on qishlog’idan boshlab 2-3 km kengaydi: bu yerda qumoq xamda qumloq jinslar keng tarqalgan. Tuman xududining shimolidan janubga tomon katta Andijon kanali kesib o’tadi. Tumanning janubiy g’arbiy tomonidan Qoradaryoning eski uzanidan o’tadigan Qolgandaryo barcha sizot suvlarini yig’ib Qoradaryoga quyiladi. Tuprog’i janubiy qismida botqoq torfli, Shimolda bo’z tuproq. Norin Qoradaryoga qo’shiladigan yerda o’tloqli botqoq, o’tloqli tuproqlar uchraydi. Iqlimi quruq. Kontinental yozi issiq. Qishi sovuq, yanvarning o’rtacha temperaturasi 6 gradus iyulniki 27, Yillik yog’in 190-215 mm . Vegetatsiya davri 233 kun. Tuman xududi xaydaladigan yerlardan iborat.

Uychi tumani
Uychi tumani 1935 yil iyun oyida tashkil topgan. Tumanning umumiy maydoni 309,8 kv km. Aholisi 184 ming 47 nafar. Tuman markazi Uychi shaharchasi bo'lib, u Namangan-Uchqo'rg'on avtomagistral yo'lida joylashgan. Tuman geografik joylashishi bo'yicha sharqdan Uchqo'rg'on tumani bilan, janubdan Norin va Namangan tumanlari bilan, g'arbdan Namangan shahri bilan, shimoldan Chortoq tumani bilan hamda shimoliy-sharq tomondan 14,2 km masofada Qirg'iziston Respublikasi bilan chegaralanadi. Tuman xududida 7 ta qishloq 3 ta shaxarcha bo'lib, qishloqlarda 130,6 ming, shaxarchalarda esa 53,4 ming kishi yashab kelmoqda. Aholining asosiy qismini o'zbeklar tashkil etadi. 1 kv. kmga 572 kishi to'g'ri kelmoqda, o'zbeklar 182,4 ming kishi, Qirg'izlar 1,3 ming kishi, ruslar 57 kishi, tatarlar 112 kishi, tojiklar 38 kishi, qrim tatarlar 61 kishi, ukrainlar 5 kishi, moldavanlar 4 kishi, qozoqlar 7 kishi, va boshqa millatlar 22 kishini tashkil etadi. Aholi soni jihatidan Uychi tumani, viloyatda tumanlar o'rtasida ikkinchi o'rinda turadi. Tumandagi 5 ta asosiy sanoat korxonalari mavjud bo'lib, ular tomonidan asosan ipak, b'yaz, paxta tolasi, noto'qimamato, temir beton buyumlari va har hil turdagi xalq iste'mol mollari ishlab chiqariladi. 2007 yilda tumanda fermer xo'jaliklari soni 686 taga yetdi. Bundan tashqari tumanda 1 ta parrandachilikka ixtisoslashtirilgan xissadorlik jamiyati mavjud.
Namangan viloyati
Performed by Ahmadjonov Jasur

Viloyat tarixi
Namangan viloyatining Pop tumani Farg’ona vodiysining shimoliy, Namangan viloyatining shimoliy-g’arbiy qismida Qurama tog’ tizmalarining janubiy yonbag’ri va Sirdaryo vohasida joylashgan, maydoni 2941 kv. km. Chegarasining uzunligi 344 km. bo’lib, shimoldan janubga Chotqol, Qurama tog’ tizmalaridan markaziy Farg’ona tekisliklarigacha bo’lgan kengliklarni egallab, shimoldan Qirg’iziston Respublikasining Jalolobod viloyati, sharqdan Chust va Mingbuloq tumanlari, Farg’ona viloyatining Buvayda va Dang’ara, g’arbdan Tojikiston Respublikasining Asht tumani, Toshkent viloyatining Ohangaron va Bo’stonliq tumanlari bilan chegaradosh. Tuman hududi geologik aktiv zonada joylashgan. Tuman hududida Sirdaryo, Shimoliy Farg’ona va Oxunboboev nomli kanallar, tog’oldi adirlaridan Chodaksoy, G’ovasoy, Jabborsoy, Olmossoy, Uyg’ursoy, Tuzliksoy, O’g’rijarsoy, Selgasoy, tog’lardan Kengqulsoy, Sansalaksoy, Rezaksoy, Quyundisoy, Tollisoy, Chaylisoy, Chuqursoy, Egrisoy, Quzg’untoysoy, Ko’lquygansoylar oqib o’tadi. Shuningdek, tuman hududida Qaznoq va Tavot ko’llari bor. Iqlimi kontinental. Yozi issiq, uzoq, qishi nisbatan yumshoq va qisqa. Tuprog’i asosan bo’ztuproq. Tuman hududida Sirdaryo havzasining janubiy qismi 300-350 metr, havzasining shimoliy qismi 1000-1500 metr, tog’li hududlari 2500-3400 metr dengiz sathidan balandlikda joylashgan. Tog’ yonbag’irlarida yontoqzorlar, olchazorlar, olmazorlar, 300 metrdan yuqorida archazorlar bor. Undan yuqorida yozgi yaylovlar mintaqasi joylashgan. Tuman hududida turli-tuman, boy flora va fauna dunyosi bor.
Pop tumani
Hamisha ko’hna va navqiron Chust tumani 3 ming yildan ziyodroq tarixga ega. Chust tumani (qadimiy nomi Tuss) Chust-Olmos-Varzik tog’ oldi tekisligida yastangan bo’lib, uning markazi Chust shahri hisoblanadi.Hozirda Chust tumanida 70 ta Maxalla fuqarolar yig’ini bo’lib, ularning 20 tasi Chust shahrida, qolgan 50 tasi 11 ta qishloq fuqarolar yig’ini xududida joylashgan. Umumiy yer maydoni 916.7 kv km. Jami axoli soni 217 948 taga yetdi.
O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining yigirma yillik bayramiga tumanda katta tuxfalar hozirlanmoqda. Buvanamozor ziyoratgohini muqaddas qadamjolardan biri sifatida obodonlashtirish maqsadida 415 tupdan ortiqroq dub, yapon saforasi, kashtan kabi manzarali daraxtlar utkazildi. Shahardagi Namangan, Fayozov ko’chalariga tungi yoritkich chiroqlarn urnatildi. Chustning milliy iftixori bulgan Chust duppilari savdosi uchun xunarmand ayollariga qulaylik yaratish maqsadida 200 kv metr joyga usti yopilgan milliy xunarmandchilik rastalari qurildi.
Tumanda 27 ta qishloq va shahar vrachlik punktlari ishlab turibdiki, barchasi zamonaviy tibbiyot uskunalari bilan jixozlangan.
Mustaqillik yillarida bir nechta yangi kasb-xunar kollejlari barpo etildi. Jumladan, 1050 o’rinli pedagogika va servis kolleji, 615 o’rinli Olmos iqtisodiyot kolleji, 720 o’rinli Baymoq agroiqtisodiyot kolleji, 650 o’rinli ijtimoiy iqtisodiyot Varzik kolleji, G’ova qishlog’ida Chust sport kolleji, NamMPI qoshidagq 2-sonli akademik litsey bugun komil farzandlar tarbiyalash yo’lida faoliyat olib bormoqda.
Ikkita “Xalq” unvoniga ega "Chust taronalari" dastasi va "Chust dorbozlari" jamoasi, 12 ta estrada va folklor yunalishidagi badiiy xavaskorlik jamoalari faoliyati izchil yo’lga qo’yilgan.

Chust tumani
To’raqo’rg’on tumani Namangan viloyatining eng to’ng’ich tumanlaridan biri hisoblanib, 1936 yil 17 fevralda tashkil topgan. Tuman Namangan viloyatining g’arbiy qismida joylashgan bo’lib, tuman shimolda Kosons`oy tumani bilan, g’arbda Chust, janubda Mingbuloq va sharqda esa Namangan tumani hamda qisman Namangan shahri bilan chegaradoshdir. Tumanning geografik o’rni va relьefi asosan past balandliklar va qir-adirlardan iborat. Uning asosini qishloq xo’jaligi tashkil etgani uchun qishloq xo’jaligi tumani hisoblanadi. Iqlimi mo’’tadil. Dengiz satxidan 547 m. balandlikda joylashgan. Territoriyasi 309 kv.km bo’lib, aholisi so’ngi ma’lumotlarga ko’ra 193330 nafarni shundan doimiy yashovchi axoli soni 191104 nafarni tashkil etayapdi. Tumanda ayni kunda 19 dan ortiq millat vakillari istiqomat qiladi. Iqlimi keskin kontinental bo’lib, janubiy, ya’ni tekislik mintaqasida cho’l-subtropik iqlimga mansub. Bu xududlar issiq mineral buloqlarga boy. Ayniqsa Shahand suvlari shifobaxshligi bilan shuhrat qozongan. Tuman markazi To’raqo’rg’on shahri bo’lib, unda aholi soni 21.0 ming kishini shaxarchalarda 90.5 ming kishi, 79.6 ming kishi qishloq joylari axolisi sonini tashkil etadi. Tumanda 19 dan ortiq millat vakillari yashaydi. Aholining umumiy miqdorida o’zbeklarning salmog’i 99,1 foiz, tojiklar 0,08 foiz, ruslar 0,06 foiz, qirg’izlar 0,5 foiz, tatarlar 0,1 foiz va qolgan 0,16 fozini boshqa millatlar tashkil etadi. Aholining zichligi 1 kv. kilometrga 601 kishi to’g’ri keladi. Tuman hududida 2 ta daryo Norin va qoradaryo oqib o’tadi. Bu daryolar qo’shilib, O’rta Osiyoning asosiy suv havzalaridan biri Sirdaryoni hosil qiladi. qulay iqlim iqtisodiyotning agrar tarmog’ini hamda sog’lomlashtirish muassasalarini hamda sayohatchilikni rivojlantirishga keng imkoniyatlarni yaratadi. Ekologik jihatdan sifatli qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash sanoatini rivojlantirish imkoni mavjud.
To'raqo'rg'on tumani
Yangiqo’rg’оn tumani – 1926 yil 29 sentyabrda tashkil tоpgan. Yangiqo’rg’оn tumani Namangan vilоyatining shimоliy qismiga jоylashgan bo’lib, shimоliy – g’arb, shimоl, shimоliy – sharq, tоmоnlardan Qirg’izistоn Respublikasi bilan, janubiy – sharq va janubiy – g’arbdan Namangan tumani bilan, g’arb tоmоndanKоsоnsоy tumani chegaradоshdir. Yangiqo’rg’оn tumani faqatgina Namangan vilоyatining emas, balki Farg’оna vоdiysining eng go’zal, so’lim maskanlaridan biridir. Yangiqo’rg’оn tumanining markazi Yangiqo’rg’оn shaharchasi vilоyat markazidan 22 km uzоqlikda jоylashgan. Umumiy yer maydоni 540 kvadrat kilоmetrdan ibоrat. Markazi Yangiqo’rg’оn shaharchasi. Tuman g’alla, kartоshka, meva, sabzavоt va uzumchilikka ixtisоslashtirilgan. Namanganning qo’shiqlarda kuylangan mashhur оlmasi Yangiqo’rg’оn bоg’larida yetishtiriladi.
Tuman ahоlisi 195037 kishi. Ahоli sоni jihatidan vilоyatda 5, zichligi jihatidan (1 kv.kmda 260 kishi) 3 o’rinda turadi. Tumanda 38133 ta xоnadоn bo’lib, o’rtacha bir kishiga 11 kv.m. yashash jоyi to’g’ri keladi. Ahоli 14 shaharcha va 11 ta qishlоq, 68 ta mahalla fuqarоlar yig’inlari va 49 ta ahоli yashash punktlari hududida istiqоmat qiladi. Shaharchada 18455 kishi va qishlоq jоylarida 176582 kishi yashab kelmоqda. Ahоlining 32,5 fоizini bоlalar va o’smirlar, 50 fоizini erkaklar va 49,9 fоizini ayollar, ishga yarоqli ahоli esa umumiy ahоlining 50,6 fоizini yoki 96466 kishini tashkil qiladi. Mavjud ahоlining 71345 nafarini vоyaga yetmaganlar, 12951 nafarini 60 yosh va undan kattalar tashkil etadi. Оliy ma`lumоtli kadrlar 6717 nafar, o’rta maxsus ma`lumоtga ega bo’lgan kadrlar 11950 nafarni tashkil etadi. Ahоlining 97,2 fоizini o’zbeklar, 2,5 fоizini qirg’izlar va qоlgan 0,3 fоiz ahоlini 14 millat vakillari bo’lib, o’sish sur`ati 1,7 fоizni tashkil etadi.
Tumanda 1 ta sanоat kоrxоnasi, 2 ta qurilish tashkilоtlari, 5 ta transpоrt kоrxоnasi, 1 ta qo’shma kоrxоna hamda 150 ta yirik tashkilоtlar, 465 ta kichik kоrxоna va firmalar faоliyat ko’rsatmоqda. Xalq xo’jaligining barcha tarmоqlarida kichik biznes va xususiy tadbirkоrlikning salmоg’iоrtib bоrmоqda. Ayni paytda tumanda 3300 ta davlat ro’yxatidan o’tgan yuridik shaxs maqоmiga ega bo’lgan xo’jalik yurituvchi sub`ektlar mavjud. Tumanda sanоat sоhasida ham bir qatоr yutuqlarga erishilmоqda. Xalq xo’jaligi tarmоqlariga investitsiya kiritish sоhasida ham salmоqli ishlar qilinmоqda.Ahоliga savdо xizmati ko’rsatish yildan-yilga yaxshilanmоqda. Ahоliga pullik va maishiy xizmat ko’rsatish bоrasidagi ishlarda ham ijоbiy natijalarga erishilmоqda. Tumanda qurilish sоhasidagi ishlar ko’lami ham kengayib bоrmоqda. Zamоn talablariga mоs ravishda amalga оshirilayotgan bunyodkоrlik ishlarida shaharsоzlik talablari asоsida yangi turar-jоy dahalari, kengaytirilgan ko’chalar, muhtasham va zamоnaviy kichik biznes va tadbirkоrlik sub`ektlari bunyod etilmоqda. Tumanda mavjud 49 ta ahоli yashash punktidan 38 tasi to’la gazlashtirilgan bo’lib, 70,9 fоizni, ahоlini tоza ichimlik suvi bilan ta`minlash darajasi 82,5 fоizni tashkil etadi.
Tumandagi 9 ta kasb-hunar kоllejlarida 9859 nafar o’quvchiga 684 nafar pedagоg-muhandislar ta`lim-tarbiya berish bilan birga 40dan оrtiq kasb-hunar sirlarini o’rgatmоqdalar. Bitiruvchilarni to’la ish bilan ta`minlash maqsadida tuman hоkimligi, Bandlikka ko’maklashish markazi hamkоrlikda Dastur tuzilib, ana shu dastur asоsida ish tashkil etilmоqda. Mavjud 61 ta umumta`lim maktablari, 2 ta iqtidоrli bоlalar litseylarida esa 30068 o’quvchiga,2329 nafar pedagоglar ta`lim tarbiya bermоqdalar. Mustaqillik yillarida deyarli barcha maktablar to’la qayta ta`mirlanib, zamоn talablari asоsida jihоzlandi. Ularda bоlalarni to’laqоnli bilim оlishlari uchun zarur bo’lgan barcha shart-sharоitlar yaratildi. 39 ta maktabgacha ta`lim muassasalarida esa 3008 tarbiyalanuvchiga 324 nafar murabbiylar xizmat qilmоqdalar. Shuningdek, 6 ta maktabdan tashqari muassasalarida ham yoshlarning bo’sh vaqtlarini samarali o’tkazishlari uchun yetarli shart-sharоitlar yaratilib, ularga turli kasblar o’rgatilmоqda. 2011 yil yangi o’quv yilidan bоshlab esa tuman yoshlariga zamоnaviy talablar asоsida qurilgan musiqa va san`at maktabi xizmat ko’rsatmоqda

IX-X asrlarda yashagan arab sayyoxlardan Ibn Xordadbek va Istaxriy tomonidan bitilgan yozma manbalarda Chortoq so’zini "to’rt taxt" deb tilga olingan. Z. M. Bobur uzining "Boburnoma”sida Chortoq so’ziga tuxtalib, bu so’z uzaro aloqani mustahkamlash vositasi ekaniga ishora qiladi. "Muxammad Maxsu Mir edi. Kandahorni onga berib edi. Xiriga keltirganda ulug’ to’y qilib yaxshi Chortoq bog’ladi". Bu yerda Chortoq atamasi to’rt burchakli chodir, to’rt gumbaz ma’nolarini bildirishi ifoda etilgan.
Tumanning umumiy maydoni 377.8 kv. km. Axolisi 164.0 ming nafarga yetgan. Markazi Chortoq shahri.
Chortoq tumanining rel’efi asosan tog’ oldi adirlik xudud xarakteriga ega. Yer yuzasi shimoldan janubga va g’arbdan sharqqa tomon pasayib boradi. Dengiz satxidan o’rtacha balandligi 405-460 m. Iklimi tez o’zgaruvchan. Yoz oylarida xavo xarorati keskin kutarilib, quruq-nam va issiq bo’ladi. Tog’ va tog’ oldi zonalarida esa xavo salqin,. namligi yuqori bulqb, bu joylarda ko’plab dam olish maskanlari joylashgan.
Tumanda 55 ta umumta’lim maktablari, 31 ta maktabgacha ta’lim muassasalari, 1 ta akademik litsey va 9 ta kasb-xunar kollejlari faoliyat ko’rsatmoqda. Jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanuvchilar uchun tumanda 1 ta o’yingoh, 24 ta sport zallari va bir qator sport inshootlari faoliyat ko’rsatmoqda.
Chortoq shahri asosan sug’oriladigan dexkonchilik va bog’dorchilik regionidir. Uning xududidan katta Namangan va Shimoliy Farg’ona kanallari o’tadi. Qulay iqlim iqtisodiyotning agrar tarmog’ini, sog’lomlashtirish muassasalari xamda turizmni rivojlantirishga keng imkoniyatlar yaratadi. Ekologik jixatdan sifatli qishloq xujaligi mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash sanoatini rivojlantirish imkoni mavjud.

Chortoq tumani
Mingbuloq tumani shimol tomondan Chust va To’raqo’rg’on tumanlari bilan, sharq tomondan Andijon viloyatining Ulug’nor tumani bilan, janub tomondan Farg’ona viloyatining Yazyovon tumani bilan, janubiy-g’arbiy tomondan Farg’ona viloyatining Buvayda tumani bilan va g’arb tomondan esa Pop tumani bilan chegaradosh. Tuman Farg’ona vodiysining markaziga joylashgan. Butun vodiyni bir shokosa deb tasavvur qilinsa, Markaziy Farg’ona shu kosaning tubi bo’lib, chor tarafdan oqava suvlar, yer osti suvlari qadimdan shu joyga oqib tushavergan. Hududning topografik joylashuvidan kelib chiqib,Mingbuloq deb nomlanishiga sabab, yer ostki-ustki boyliklari zahirasidan kelib chiqqan. Jumladan, hozirgi Dovduq qishlog’idagi neftь zahiralari, Gurtepa qishlog’ida «Hovuz mozor»dagi shifobahsh buloqlar, qo’sh qishlog’idagi sho’rsuv buloqlari, Balandgurtepa, Uzuntepa, Mulkobod, qo’g’oliko’l qishloqlaridagi buloqlar o’zining ming dardga davoligi bilan xarakterlanadi. 1992 yilda tumanning Dovduq qishlog’i xududidan neftь boyligining otilib chiqishi va yuqoridagi ma’lumotlarga asoslanib,tumanga Mingbuloq nomi berildi. Tumanning umumiy maydoni 740 kv.kilometr. Tuman xududi geologik faol zonada joylashgan. Tuman xududidan Sirdaryo daryosi va Oxunboboev nomli kanallar oqib o’tadi. Iqlimi kontinental. Yozi issiq-uzoq, qishi nisbatan yumshoq va qisqa. Tuprog’i asosan bo’ztuproq.
Mingbuloq tumani
Kosonsoy tumani 1926 yilning 26 sentyabrida tashkil topgan. Tuman Farģona vodiysining shimoliy qismida joylashgan bơlib, shimolda Qirģiziston Respublikasining Jalolobod viloyati Ala-buqa tumani bilan, sharqdan Namangan viloyati Yangiqurģon tumani bilan, Ģarbdan Chust tumani bilan va janubda Namangan shahri va Tơraqơrģon tumanlari bilan chegaradosh bơlib, Qirģiziston Respublikasi bilan umumiy chegara uzunligi 47,5 km. Shundan 16 km toģlik, 22 km tekislik va 9 km ekin maydonlaridan iborat. Kosonsoy tumani markazi Kosonsoy shahri bơlib, tuman hududida 7 ta qishloq fuqarolar yiģinlari va 63 ta mahalla fuqarolar yiģinlari mavjud. Shundan 16 ta mahalla fuqarolar yiģinlari tuman markazida, 47 tasi esa qishloqlarda joylashgan. Kosonsoy tumani relefi asosan tekislik-toģ mintaqalilik xarakteriga ega. Yer yuzasi shimoldan janubga va ģarbdan sharqqa tomon pasayib boradi. Dengiz sathidan ơrtacha balandligi 650-950 m. Tumanning umumiy maydoni 512 kv.km, doimiy aholisi 177,8 shundan shaharda 111,9 ming kishi, qishloqda 65,9 ming kishi istiqomat qilmoqda. Tuman markazi Kosonsoy shahri bơlib, unda aholi soni 51,2 ming kishini tashkil etadi. Tumandan 15 dan ortiq millat vakillari yashaydi. Aholining umumiy miqdorida ơzbeklarning salmoģi 37,3 foiz, tojiklar 60,9 foiz, ruslar 0,06 foiz, qirģizlar 0,9 foiz, tatarlar 0,1 qolgan 0,6 foizini boshqa millatlar tashkil etadi. Aholining zichligi 1 kv. kilometrga 347 kishi tơģri keladi. Kosonsoy tumani asosan suģoriladigan dehqonchilik regionidir. Tuman qishloq xơjaligini asosiy tarmoq - paxtachilik va ģallachilik tashkil etadi. Shuningdek, boģdorchilik, sabzavotchilik, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik va asalarichilik sohalari ham keng rivojlanib bormoqda.Tuman hududida 3 ta suv ombori: Kosonsoy, Yertikan va Qorasuv suv omborlari mavjud. Kosonsoy suv omborining maydoni 840 ga, tơģon balandligi 64 m, uzunligi 290 m bơlib, 165 mln.m.kub suv tơplash imkoniyatiga ega. Viloyatning Kosonsoy va Chust tumanlarida ekin maydonlarini suģoriladigan suv bilan ta'minlaydi. Qulay iqlim iqtisodiyotning agrar tarmoģini hamda soģlomlashtirish muassasalarini hamda sayohatchilikni rivojlantirishga keng imkoniyatlarni yaratadi.
Kosonsoy
tumani
Namangan - qadimiy shaharlardan biri bo’lib, uning tashkil topishi tarixiy manbaalarga ko’ra taxminan 1610 yillarga to’g’ri keladi. Namangan shahri relefi asosan tekislik mintaqa xarakteriga ega. Yer yuzasi shimoldan janubga va g’arbdan sharqqa tomon pasayib boradi. Iqlimi keskin kontinental bo’lib, janubiy, ya’ni tekislik mintaqasida subtropik. Yoz oylarida harorat keskin ko’tarilib, havo quruq va issiq bo’ladi.
Shahar Farg’ona vodiysining shimoliy qismida joylashgan bo’lib, dengiz sathidan 450 metr balandlikda joylashgan. Namangan shahri shimoldan Kosonsoy va Yangiqo’rg’on, sharqdan Uychi, janubdan Namangan tumani, g’arbdan Namangan va To’raqo’rg’on tumanlari bilan chegaradosh. Namangan shahri viloyatning markazi hisoblanib, umumiy maydoni 101,5 kv.km bo’lib, shundan 1,57 kv.km ekin maydoni, 23,27 kv.km uy-joy fondi, 2,34 kv.km daraxtzorlar, 1,52 kv.km yaylov, 0,13 kv.km o’rmon, 62,24 kv.km yo’l, ariq va boshqa yerlarni tashkil qiladi. Shahar aholisi 2011 yilning 1 yanvarь holatiga 451,0 ming kishiga yetgan. Hozirgi kunda shaharda 81 ta mahalla fuqarolar yig’ini bo’lib, ularda 105 504 ta xonadon hamda 116 905 ta oila istiqomat qiladi. Shaharda 20 dan ortiq millat vakillari yashaydi. Aholining 95,9 foizini o’zbeklar tashkil etadi. Aholining zichligi 1 kv. kilometrga 5433 kishi to’g’ri keladi.

Namangan shaxar
Full transcript