The Internet belongs to everyone. Let’s keep it that way.

Protect Net Neutrality
Loading presentation...

Present Remotely

Send the link below via email or IM

Copy

Present to your audience

Start remote presentation

  • Invited audience members will follow you as you navigate and present
  • People invited to a presentation do not need a Prezi account
  • This link expires 10 minutes after you close the presentation
  • A maximum of 30 users can follow your presentation
  • Learn more about this feature in our knowledge base article

Do you really want to delete this prezi?

Neither you, nor the coeditors you shared it with will be able to recover it again.

DeleteCancel

4 mavzu: O'rta asr va yangi davr Yevropa falsafasi. Hozirgi zamon jahon falsafasi

No description
by

nigora Safarova

on 16 February 2016

Comments (0)

Please log in to add your comment.

Report abuse

Transcript of 4 mavzu: O'rta asr va yangi davr Yevropa falsafasi. Hozirgi zamon jahon falsafasi

Feodalizm sxolastik (yunoncha - maktab) falsafasida o`rta asrlar davomida ikki asosiy oqim -
nominalizm
(lotincha- nomeknom) umumiy tushunchalarni faqat ayrim predmetlarning nomlari deb hisoblaydigan ta'limot va
realizm
o`rta asr sxolostikasidagi (maktabidagi) umumiy tushunchalarning aniq mavjudligini tashkil etuvchi ta'limot. Bu ikki oqim o`rtasidagi kurashning asosiy masalasi umumiy tushunchalar mohiyati masalasi edi

O`rta asrlarda italiyalik xudojo`y faylasuf Foma Akvinskiy (1225-1274) realizmning mo'tadil namoyondasi sifatida maydonga chiqdi va xudoning birlamchiligi, ruhning o’lmasligi kabi g`oyalarni tar`ib qiluvchi tomizm falsafasiga asos soldi.Uning ta'limotiga ko`ra dunyo fazoda chegaralangan, vaqtda cheklangan bo`lib, u faqat tabiatdan tashqaridagi kuch orqali harakat qilishi mumkin. Foma Akvinskiyning ta'limotiga ko`ra, tabiatdagi mavjud narsa va hodisalarni bilish mumkin, ularni sezgilar vositasida aqlga joylash mumkin,lekin insonni mohiyati,ya'ni umumiy tushuncha - Xudoni bilish mumkin emas.
O`sha davrning ko`zga ko`ringan faylasuflaridan yana biri Rodjer Bekon (1214 - 1292) o`z faoliyatini ilmiy tajribalarga bag’ishlagan.Ular yordamida u tajribaviy fanga asos soldi. Haqiqatni topishda tabiatni tajribaviy o`rganish metodini qo`llash Bekon qarashlariga to`liq mos kelardi.
Fan va falsafa rivojiga eng katta hissa qo`shgan uyg`onish davrining yirik mutafakkirlaridan biri polyak olimi Nikolay Kopernik (1473- 1543) dir. Kopernik olamning geliotsentrik sestemasini yaratdi. Uning ta'limotiga ko’ra olamning markazi quyosh bo`lib, uning atrofida boshqa sayyoralar bilan bir qatorda yer ham aylanib turadi. Uning bu ta'limoti Ptolomeyning geotsentrik ta'limotini puchga chiqardi. Bu nazariya, shuningdek olamni yaratilganligi haqidagi diniy afsonaga ham zarba berdi.
Italiyalik olim Jordano Bruno (1548-1600) ham «Uyg`onish davrining» yirik vakillaridan bo`lib, sxolastik falsafaga va Rim katolik cherkoviga qarshi kurash olib bordi. Bruno tuproq, havo, suv, olov va efirdan iborat yer bilan osmon olamning fizikaviy yakka jipsligini tasdiqlaydi, deb uqtiradi.
Bruno ta'limotiga quyosh sistemasidan tashqari yana sanoqsiz dunyolar, quyoshlar, yerlar mavjud, dunyo bepoyon, moddiy olam uning kichik bir qismidir, yer esa bepoyon atomning zarrachasidir.
Italyan olimi Galileo Galiley (1564-1642) ham «Uyg`onish davri»ning buyuk olimlaridan biridir. U olamdagi barcha narsalar moddiy asosga, olam, materiya abadiy, tabiat yagona bo`lib mexanika qonuniyatlariga bo`ysunadi, deb tushungan. Galiley qadimgi yunon olimi Demokritni o`zining ustozi deb tan olib, olamdagi narsa va hodisalarning moddiy asosini atom tashkil qiladi degan g`oyani qo`llab quvvatlagan. Ilmiy tajribaga asoslangan matematik usulning asoschilaridan biri bo`lgan Galeley mexanika va astronomiya sohasida bir necha ilmiy kashfiyotlar qilgan. Uning kashfiyotlari geliotsentrik nazariyaning to`g`riligini, olamni cheksizligi g`oyasini, tabiatning mavjud qonunlari va ularni bilish mumkinligini isbotlab bergan.
O`sha davr falsafasining yirik vakillaridan biri ingliz olimi Frensis Bekon(1561-1626)dir. Bekon ingliz materializmining asoschisidir. U o`rta asr sxolastik falsafasiga va din ta'limotiga qarshi kurash olib bordi. Haqiqiy falsafa, uning fikricha, amaliyot bilan mustahkam aloqada bo`lishi lozim. Bekon o`zining «Yangi Organon», «Yangi Atlantida» nomli asarlarida o`rta asr sxolastikasini tanqid qildi va tabiatni materialistik tushunishni asosladi. Uning ta'limoticha, fanning yangi binosini qurish uchun to`g`ri fikrlashni o`rganish kerak. Bilishning birdan bir to`g`ri yo`li uning fikricha, tajriba (eksperiment), tahlildir.

Nemis falsafasining asoschisi Immanuil Kant ( 1724 - 1804 ) bo`lib, uning falsafiy ta'limotida materialistik va idealistik ta'limotlar birgalikda uchraydi. Kant falsafasining xususiyati shundaki, u materializmni idealizm bilan kelishtirishdan iboratdir. Kantning fikricha narsa, predmetlar bizning ongimizdan tashqarida mavjud. Biroq ular nimadan iborat ekanligini biz hech qachon bilolmaymiz. Kant inson aqlining cheksiz qudratiga ishonchsizlik bilan qarab, agnostitsizmga keng yo`l ochib beradi. Kant ta'limoti bo`yicha makon va zamon real emas, balki faqat tushunchada, g`oyalardadir. Kantning vafotidan keyin nemis falsafasining rivoji Gegel ijodida o`zining yuksak cho`qqisiga erishadi.
Gegel ( 1770 - 1831 ) falsafasi nemis idealizmining cho`qqisi va nihoyasidir. Gegel ob'ektiv idealizm nuqtai nazarida turib « Olam ruhi»,» Olam aqli», «Mutloq g’oya» bilan ifodalangan qandaydir ruhiy ibtido, tabiat va jamiyatdagi barcha hodisalarning asosidir,real dunyodan tabiat va jamiyatdan ilgari ruhiy ibtido, « mutloq g’oya», Xudo mavjud bo`lgan deb hisoblaydi. Gegel ta'limoti bo`yicha mutloq g`oya o`z ta'limotida uch bosqichni: tezis, antitezis, sintezni bosib o`tadi.
XX asrdagi eng yirik diniy- falsafiy oqimlardan biri Neotomizmdir. Bu oqim o`rta asrlardagi Foma Akvinskiyning ta'limotini qaytadan tikladi. Neotomizm vakillari fikricha, ilm yetmagan joyda e'tiqod qo`llanishi kerak. Bu ta'limotga ko`ra xudo tomonidan berilgan ilm va e'tiqod o`rtasida to`la muvofiqlik bor. Bu ta'limot XX asrda paydo bo`lgan, inson dunyoga bir marta keladi, shuning uchun har bir insonning hayoti o`zi uchun eng oliy maqsaddir. Shunday ekan, inson hayotidan kimdir o`z maqsadlarini amalga oshirish uchun vosita sifatida ifodalanishi mumkin emas. Kant izdoshlari jamiyat manfaatiga qarshi bo`lgan, ungacha zid ish qilmaydigan, ammo o`z haq-huquqlarini yaxshi biladigan insonlarni qo`llab - quvvatlaydilar.
«Germenevtika» yunoncha so`z bo`lib, «izohlayman», «tushuntiraman» degan ma'nolarni beradi. Bu oqim yunon afsonalaridagi xudolarning xohish va irodasini insoniyatga tushuntirib berish uchun yerga yuborilgan elchi Germes nomi bilan ataladi. Demak, germenevtika-tushunish, tushuntirish, tahlil etish g`oyalariga asosiy diqqatini qaratadi. Oddiy kishilar tushuna olmaydigan yozuvlar, g`oyalar, hikmatlar ( masalan Tavrot, Qur'on vah.k) ma'nosini izohlovchi kishi «Germenevt» hisoblangan. Hozirgi davrda bu ta'limotning ko`plab tarafdorlari mavjud.
Strukturalizm. Bu oqim vakillari bilish jarayonida strukturaviy usulni mutloqlashtiradi. Ular narsa va hodisalarning strukturasini bilish, uning obektiv mohiyatini bilish demakdir degan xulosaga keldilar.
Ekzistentsializm lotincha «mavjudlik falsafasi» degan ma'noni anglatadi. Bu oqimning vatani dastlab Rossiya bo`lib, XX asrning 30 yillariga kelib Germaniya, Fransiya, Italiya, AQSHda keng rivojlandi. Mavjudlik falsafasi nihoyatda xilma-xil yo`nalishdagi ta'limotlarni insonning ma'naviy dunyosi, inson taqdiri, huquq va erkinligi g`oyalari asosida umumlashtirdi. Bu muammolarning talqini ayniqsa, ijodkor ziyolilar o`rtasida ommaviy tus oldi.
XX asr g’arb falsafasi boshqa yo`ldan ketdi. Bir tomondan, falsafadagi borliq, ong, bilish, tarix falsafasi kabi an'anaviy masalalariga o`zgarish kiritib, ularni yangicha tahlil qildi. Ikkinchidan klassik falsafaga o`z munosabatini bildirib, ilgarigi falsafa yangi davrda ro`y berayotgan o`zgarishlarni izohlashga ojizlik qilayotganligini ko`rsatadi. Natijada XX asr davomida bir qator falsafiy oqimlar shakllandi. Bugungi kunga kelib ko`pgina falsafiy oqimlar o`zlarning an'anaviy falsafaga aloqador ekanliklarini hamda ulardan farq qilishlarini ta'kidlash maqsadida nomlariga «Neo», ya'ni, yangi zamonaviylashgan degan ma'noni anglatuvchi qo`shimchani qo`shganlar.
E'tiboringiz uchun raxmat!
f.f.d., prof. Safarova N.O.
4-MAVZU: O’RTA ASR VA YANGI DAVR EVROPA FALSAFASI. HOZIRGI ZAMON JAHON FALSAFASI
f.f.d., prof. Safarova N.O.
Full transcript